Koronavirus episentriga aylangan Xitoyning Uxan shahrida so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 5 ta yangi holat aniqlandi. Bu haqda Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Uxanda 4-apreldan buyon yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan edi. 26-aprel kuni esa mahalliy hukumat shaharda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmaganini ma’lum qilgandi.
10-may kuni esa 1 kishida koronavirus qayd etildi. Shunday qilib, ayni paytda 6 kishi koronavirusga chalingan.
Butun epidemiya davri davomida Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 68 134 ta holat (shunday 50 339 nafari Uxanda) qayd etilgan. Bemorlarning 63 616 nafari sog‘aygan, 4 512 nafari vafot etgan.
Xitoyda umumiy hisobda so‘nggi sutka davomida 17 ta kasallanish holati aniqlandi. Vafot etganlar qayd etilmadi.
Izoh (0)