Amerikaning Boston Dynamics kompaniyasiga tegishli Spot laqabli robot it 8-maydan boshlab odamlar bir-biriga nisbatan oraliq masofaga rioya qilayotganini tekshirishni boshladi, deb yozadi The Verge.
Koronavirus epidemiyasiga qaramay, Singapurda bog‘lar bo‘ylab yolg‘iz sayr qilish yoki yugurgani chiqish taqiqlanmagan.
Spot bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun oldindan yozib qo‘yilgan xabarni o‘qiydi: “O‘zingizning va atrofdagilar xavfsizligi uchun, iltimos, bir metr nariroqda turing”.
Shuningdek, robot qo‘llarni yuvish kerakligini ham eslatadi. Robot odamlar orasidagi masofani aniqlashi, shu bilan birga, kameralari orqali bog‘dagi odamlar sonini kuzatishi mumkin.
Izoh (0)