Britaniyalik bir guruh olimlar hayvonot bog‘ida yashovchi daryo qunduzlarining nima sababdan ko‘pincha tosh o‘ynashini aniqlashga kirishdi, deb xabar beradi Esquire.
Daryo qunduzlari ko‘pincha osmonga qarab yotib olib, mayda toshlarni havoda o‘ynatayotganini ko‘rish mumkin. Ekspertlar jonivorlarning shu tariqa o‘ziga ozuqa topishga urinishini taxmin qilgan edi.
Kuzatuvlar jonivorlarning ovqatlanish oldidan ko‘proq tosh o‘ynashini ko‘rsatdi. Taxmin qilinishicha, daryo qunduzlari och qolganda tosh o‘ynashni boshlaydi.
“Hayvonot bog‘iga keluvchilar daryo qunduzlarining o‘yinqaroqligidan zavqlanadi. Bizning tadqiqotimiz ushbu ajoyib harakatlar nimani anglatishini tushunishga yordam beradi. Taxminimizcha bunday o‘yinning sababi ochlik hisoblanadi, biroq ushbu harakatning asosiy vazifasi sirligicha qolmoqda”, — deydi tadqiqot muallifi Mari-Liza Ellison.
Izoh (0)