O‘zbekistonda 7-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 3 kishiga oshib, kasallanganlar 2269 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq O‘zbekistonda 7-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2266 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Kasallanish holatlari soni kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston hukumat karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat hududlari “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi, 1624 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 635 kishi davolanishda qolmoqda.
Izoh (0)