O‘zbekistonda 5-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 kishiga oshib, kasallanganlar 2204 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq O‘zbekistonda 4-may soat 23:00 dan 5-may soat 10:00 ga qadar, ya’ni o‘tgan 11 soat davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagani ma’lum qilingandi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi, 1454 nafari esa sog‘aygan.