• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Stol tennisi tufayli futboldan voz kechishiga bir baxya qolgani, o‘z otasi bilan sudlashuv, irqchilik sabab Germaniya termasidan ketgani haqida Mesut O‘zil intervyusi

    Mesut O‘zil — zamonaviy futbolning eng ko‘p tilga olinadigan futbolchilaridan biri. Ispaniyaning Marca nashri Mesut bilan “Real”ga qanday borib qolgani, Joze Mourinyo bilan munosabatlari, Madrid klubini tark etishi haqida suhbat uyushtirdi. “Daryo” suhbatni o‘zbek tilida taqdim etadi.

    Stol tennisi uchun futbolni tark etishiga bir baxya qolgan daho

    Foto: Marca

    Mesut O‘zil — so‘nggi 10 yillikning eng taniqli va iste’dodli futbolchilaridan biri. Ko‘pchilik Mesutning yoshligida futbolni emas, balki stol tennisini tanlashiga bir baxya qolganini bilmasa kerak.

    “11-12 yosh bo‘lgan vaqtim maktabda ping-pongni (stol tennisi) juda yaxshi o‘ynardim. Hatto bir safar futbolni uch oyga yig‘ishtirib, tennis bo‘yicha birinchi musobaqamda qatnashib, barcha raqiblarimni mag‘lub etishga erishgandim. Biroq tennis — men kelajakda shug‘ullanishni xohlayotgan sport turi emasligini tushunib turardim. Boisi o‘sha holatlarda ham menga futbol yetishmasdi. O‘sha damlarda futbolga bo‘lgan muhabbatimdan mosuvo bo‘lib qolgandim deya olmayman, biroq haqiqatan ham menga stol tennisi juda ma’qul kelib qolgandi”, — deydi Mesut.

    Gvardiolaning befarqligi sabab “Real”ni tanlagani haqida

    2010-yilgi mundialdan so‘ng O‘zilning xizmatlariga juda ko‘plab top-klublardan qiziqishlar bo‘ladi. Mesut Zidanga kumir sifatida qaraganiga qaramay, “Real”ga o‘tish uning uchun asosiy maqsad emasdi. Ammo hammasi Pep Gvardiola va Joze Mourinyo bilan suhbatlardan so‘ng sodir bo‘lgan.

    “2010-yilgi Jahon Chempionatidan so‘ng men bilan “Real”, “Barselona”, “Arsenal”, “Bavariya” hamda “Manchester Yunayted” shartnoma imzolashni xohlagandi. Men uchun birinchi raqamli jamoa “Barselona” edi: hech qaysi jamoa ular kabi chiroyli o‘yin ko‘rsatmasdi.

    O‘zim ham “Barselona” bilan shartnoma imzolayman deb o‘ylagandim. Ammo Gvardiola chindan ham meni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayotgani haqida aniq gap aytmadi. U tomonidan qiziqish yo‘qligi sabab menda shubha paydo bo‘ldi. Hatto Pepning o‘sha vaqtda ta’tilda ekanligini aytishdi.

    Joze Mourinyo esa Pepga qaraganda qat’iyatli, samiymiy hamda ishonarli edi. Shu tariqa men Joze hamda “Real”ni tanladim”, — deya xotirlaydi Mesut.

    “Real” va Joze Mourinyoga bo‘lgan muhabbati haqida

    O‘zil Madridga kelgan vaqtda u bilan hammasi juda yaxshi boshlandi. O‘z kumiri Zinedin Zidan bilan tanishdi. Mourinyo ishonchiga kirdi, kiyim almashtirish xonasida ham uni juda yaxshi qabul qilishdi. La Liganing 2011/12-yilgi rekordli mavsumida ham Mesut jamoaning eng barqaror va ishonchli o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

    “Rostdan ham o‘sha vaqtda asabiylashgandim. Biroq “Real”ga o‘tganimdan baxtli edim. Shunday buyuk klubdan buning uchun minnatdorman. Men u yerda o‘z kumirim Zidan kabi o‘ynashni orzu qilardim. Sen jamoada yangi ekansan, kiyim almashtirish xonasida jamoaning boshqa o‘yinchilaridan ko‘ra o‘zingni sokinroq tutishing kerak bo‘ladi, bundan esa asabiylashasan, albatta. Jumladan, Zidan bilan tanishgan vaqtimda juda ham hayajonlangandim. Bu men uchun juda muhim voqelik edi. Sir emas, yuragim ham “Real” uchun uradi: u yerda o‘ynadim, hamon jamoa va klubda ko‘plab do‘stlarim bor”, — deydi O‘zil.

    Joze Mourinyo bilan nizolar

    Foto: Marca

    Joze Mourinyoning “Real” boshqaruvidagi so‘nggi mavsumi shov-shuvli nizolar bilan yodda qoldi. Murabbiyni bir nechta futbolchi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Serxio Ramos, Iker Kasilyas, Pepe kabi futbolchilar unga qarshi chiqdi. Qarshi tarafda Mesut ham bor edi. “Real”—“Deportivo” uchrashuvi tanaffusi vaqtida shunday dialog yuz berdi.

    Mourinyo: “Mesut, ikkita yaxshi uzatma yetarli deb o‘ylaysanmi? Vazifani yarmini bajarish yaxshimi? Sen o‘zining shunchalik yaxshi deb hisoblaysanmi?”.

    Mesut: “U to‘xtatib, ko‘zlari bilan menga qaradi. Orqaga tisarildim. Uning qarashlari xuddi bokschining birinchi raunddan oldingi raqibiga qaratilgan nigohlarni eslatardi. U mendan javob kutgandi. O‘sha vaziyatda uni yomon ko‘rib ketdim. Hatto uni juda hurmat qilgan bo‘lsam ham”.

    Mourinyo: “O‘ynashing mumkin bo‘lgan darajangda harakat qilishingni xohlayman. To‘pga erkaklarga xos tarzda tashlanishingni istayman. Sen o‘zi maydonda qanday ko‘ringaningni tasavvur qilyapsanmi? Yo‘q? Kel, senga ko‘rsataman”.

    Mesut: “U oyoq uchida o‘qrayib turardi. Men esa unga qarata: ‘Agar sen shunchalik daho bo‘lsang, o‘zing o‘yna! Mana senga libos! Uni kiy! Olg‘a, omad!’ dedim”.

    Mourinyo: “Sen hozir taslim bo‘lyapsanmi? Shunchaki qo‘rqoqsan! Nima xohlaysan? Issiqqina suvga boshingni yuvishnimi? Yolg‘izlikda qolishnimi? Yoki sen menga, jamoadoshlaringga va muxlislarga nimalar qila olishingni isbotlashni afzal ko‘rasanmi? Agar yig‘loqi bo‘lsang, bor hammomga tush va sen bizga kerak emassan”.

    Mesut: “O‘shanda sochig‘imni olib, hammomga kirib ketdim. Bir og‘iz gapirmadim. Ammo keyin o‘zimni shunday tutganim uchun Serxio Ramos va boshqalar oldida uzr so‘radim”.

    Ushbu janjaldan so‘ng Serxio Ramos “Deportivo”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida jamoadoshini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z libosi ichidan Mesutning futbolkasini kiyib oldi. Maqsad aniq edi: gol urish va uni O‘zilga bag‘ishlash.

    Mesutning otasi va Florentino Peres o‘rtasidagi janjallar

    Mesutning otasi Mustafo

    Mesutning otasi Mustafo
    Foto: Marca

    Mesut O‘zil o‘zining “Real”dan ketishida o‘z otasini ayblaydi. Hatto otasi va klub prezidenti Florentino Peres sabab futbolchining Twitter’dagi sahifasi yopilgandi.

    “Madridni tark etish — hayotimdagi eng qiyin qaror edi. Men “Real” bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni orzu qilgandim. Klubdagi davrim hali yakuniga yetmagandi.

    Ha, otam ideal emas. Klub bilan muzokarlar oson o‘tmagandi. Bunga sabab ochko‘zlik emasdi: biz adolatli bo‘lishi hisoblagan narsamizni so‘ragan edik, ammo unga erishmadik. Florentino bilan bahslashish esa eng to‘g‘ri qaror emasdi.

    U hatto jahl bilan Twitter’dagi rasmiy sahifamni yopib qo‘ydi. Men esa millionlab obunachilarimdan ayrildim. Shundan so‘ng hatto Adidas komissiyasi sabab otam bilan sudlashishga majbur bo‘ldim” — deya esga oladi Mesut.

    Irqchilik sabab Germaniya terma jamoasidan ketishi haqida

    Foto: Marca

    Mesut O‘zil Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan suratini e’lon qilganidan so‘ng Germaniya futbol federatsiyasi tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. Shunda futbolchi federatsiya rahbariyatini irqchilikda aybladi va Germaniya terma jamoasidan ketishini e’lon qildi.

    “G‘alaba qozonsak, meni nemis sifatida qabul qilishadi. Yutqazsak esa immigrant. Yuz bergan so‘nggi voqealardan so‘ng, ko‘p o‘ylagan holda yurakdagi og‘riqlar bilan bir qarorga keldim. Endi Germaniya terma jamoasida boshqa o‘ynamayman. Bularning barchasiga yetarlicha hurmat ko‘rsatilmagani hamda federatsiya rahbariyatining irqchilik kayfiyati sabab bo‘ldi. Avvallari g‘urur bilan Germaniya terma jamoasi libosini kiyardim, endi esa yo‘q.

    Germaniya futbol federatsiyasi mening turkiy ildizimga hurmatsizlik bilan yondashib, hatto o‘zimni propagandada aybladi. Shunday ekan, yetar bas! Irqchilik shu vaqtgacha shunchaki qabul qilinmagan, keyin ham unday bo‘lmaydi.

    Menda ikkita yurak bor: biri nemis, biri esa turk. Germaniyada tug‘ildim, shu yerda o‘sdim. Nima uchun hali ham mening nemis ekanligimni rad etadigan odamlar bor?” — deydi Mesut O‘zil.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    04.05.2020, 11:45   Izoh (0)   34603
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Krishtianu Ronaldu onasiga Mercedes-Benz sovg‘a qildi

    04.05.2020, 10:37

    Tarkibi eng qimmat futbol klublari e’lon qilindi. “Man Siti” 1-o‘rinda, “Real” va “Barselona” top-5 likda

    04.05.2020, 07:26

    Fotogalereya: Ular avvaliga bir jamoada o‘ynagan, keyinchalik ustoz-shogirdga aylangan (1-qism)

    04.05.2020, 02:52

    Aguero: Van Deyk — dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Unga qarshi o‘ynash juda qiyin

    03.05.2020, 22:26

    Materatssi JCh—2006 finalida Zidanga nima degani ma’lum bo‘ldi

    03.05.2020, 21:46

    “Barselona” futbolchilari koronavirusga test topshiradi

    03.05.2020, 20:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda ayol farzandi bilan tortishib qolgan bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:55

    Yevropa Ittifoqi byudjetining 20 foizi Kiyevga yo‘naltiriladi — DW

    Dunyo | 18 iyul, 17:45

    Los Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarining o‘tkazilish sanasi va joylari ma’lum qilindi

    Sport | 18 iyul, 17:45

    Toshkent yoki Samarqand — qaysi shaharda yashash arzon va qulay?

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:35

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.