Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni voqea joyiga zudlik bilan vertolyotda yetib bordi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali soat 13:00 dagi yangiliklar dasturida ma’lum qildi.
“Tafsilotlar bilan dasturlarimiz davomida tanishtirib boramiz. Aholimiz sarosimaga tushishi uchun asoslar yo‘qligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi lavhada.
1-may kuni soat 05:55 da Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piketida buzilish yuz berib, toshqin yuzaga kelgan edi. Avvalroq voqea joyiga bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgani, 11,5 mingdan ziyod aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgani, yana to‘rtta mahalla evakuatsiya arafasida ekani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)