Buyuk Britaniyaning 90min nashri Angliya Premyer Ligasida to‘p surib chempionlikni qo‘lga kirita olmagan yulduz futbolchilar ramziy terma jamoasini tuzdi.
Undan Ugo Lyoris, Harri Keyn (ikkisi — “Tottenhem”) va Sheymus Koulmen (“Everton”) kabi ayni damda ligada faoliyat yuritayotgan futbolchilar ham o‘rin oldi.
90min talqiniga ko‘ra Premyer Liga g‘olibligini qo‘lga kirita olmagan yulduzlar ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Ugo Lyoris.
Himoyachilar: Styuart Pirs, Marsel Desayi, Jeymi Karrager, Sheymus Koulmen.
Yarim himoyachilar: Stiven Jerrard, Luka Modrich, Janfranko Zola.
Hujumchilar: Luis Suares, Garet Beyl, Harri Keyn.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)