Hukumatning 24-apreldagi qarori bilan Faxriddin Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Faxriddin Boboyevga 2019-yilning 26-fevralidan “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi vazifasini bajarish yuklatilgandi. Unga qadar mazkur uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida ishlagan Sardor Umurzoqov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan edi.
Izoh (0)