• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Koronavirusdan bonus. Karantin sabab atmosferaga tashlanayotgan karbonat angidrid rekord darajada kamaydi

    Iqlim o‘zgarishlari hozirgi davrning eng yirik muammosi bo‘lib, global iqlim isishining oldini olish uchun jahon mamlakatlari anchadan buyon urinib kelmoqda. “Daryo” Carbon Brief axborot-tahliliy portalining koronavirusning Yer sayyorasiga keltirayotgan foydasi haqidagi hisobotini tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Avvaliga Kioto protokoli, keyin esa tarixiy deb baholangan 2015-yilgi Parij kelishuvlari, 2019-yilgi xalqaro sammitlar va kelishuvlar orqali rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar rahbarlari iqlim o‘zgarishlariga qarshi umumiy choralar ko‘rishga ahd qilgan edi. Lekin ularni harakatsizlikda ayblab chiqqan Greta Tunberg singari ekofaollarning sa’y-harakatlari ham, turli mamlakatlarning naridan-beri ko‘rgan chora-tadbirlari ham atmosferaga issiqxona gazlarining tashlanishi miqdorini sezilarli kamaytirishga olib kelgani yo‘q.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aksincha, atmosferaga chiqarilayotgan uglerod oksidlari miqdori yildan yilga baribir ortib bormoqda va 2020-yilda ham tashlama gazlar miqdori o‘tgan yilga nisbatan bir foizga ortishi prognoz qilingan edi. Lekin ushbu sohaga oid prognoz va tahlillar bilan shug‘ullanuvchi Carbon Brief axborot-tahliliy portalining keltirgan katta hajmli hisobotida qayd qilinishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan xalqaro vaziyat oqibatidan yil yakuniga ko‘ra butun sayyoramiz miqyosidagi karbonat angidrid (CO2) tashlamalari miqdori 5,5 foizga kamayar ekan. Mana buni haqiqatan ham tarixiy natija desa bo‘ladi.

    Koronavirus sayyoramizga o‘ziga xos bonus taqdim qilmoqda. Bu degani Yer atmosferasi taxminan 5-6 foiz issiqxona gazlaridan xalos bo‘lmoqda. Ya’ni Uxan koronavirusi hammasini boshqa o‘zanga burib yubordi. Pandemiya tufayli jahon bo‘ylab zavod va fabrikalarning ishlab chiqarishdan to‘xtashi, avtomobillar harakatining yo‘q darajaga tushib ketishi, aviaparvozlar va temiryo‘l qatnovlari favqulodda qisqarishi natijasida hozirning o‘zida atmosferaga chiqarilayotgan CO2 gazi miqdori rekord darajada kamaydi!

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, birgina Yevropa qit’asi karantinda o‘tirgani bois atmosferaga tashlanayotgan CO2 gazi miqdori uch oy avvalgiga nisbatan 42 foizga qisqargan bo‘lsa, transportdan chiqayotgan zaharli tutunlar miqdori esa tarixda misli ko‘rilmagan 22 foizgacha kamaydi! Xitoy uchun qilingan xuddi shunday tahlillarning ko‘rsatishicha, mamlakat karantinda o‘tirgan vaqtda atmosferaga chiqariladigan CO2 miqdori 25 foizga kamaydi.

    Tahlillar jahon miqyosidagi uglerod oksidlari tashlamalarining qariyb 75 foizini chiqaradigan yirik mamlakatlar – AQSh, Xitoy, Hindiston va Yevropa Ittifoqi hamda jahon neft qazib olish sektori bo‘yicha olingan so‘nggi ma’lumotlarga tayangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu to‘rt davlat va neft sektorining o‘zidagi pandemik inqiroz natijasida atmosferaga chiqarilayotgan CO2 hajmi ikki milliard tonnagacha qisqarmoqda. Bu esa yuqorida aytilgan 5,5 foiz umumiy qisqarishni taqdim etadi.

    Bu XVIII asrdan buyon faqat va faqat o‘sayotgan tashlama gazlar miqdorining ikki asrlik muddatdagi birinchi marta shu darajada katta qisqarishidir. Taqqoslash uchun keltirilishicha, atmosferaga CO2 tashlanishining bundan avvalgi eng yirik qisqarishi 1939–1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi paytiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda urush tufayli yirik ishlab chiqarishlarning to‘xtashi oqibatida yillik issiqxona gazlari chiqarilishi hajmi 845 million tonnaga kamaygan. 2008–2009-yillardagi global iqtisodiy inqiroz tufayli kelib chiqqan turg‘unlik tufayli 440 million tonna uglerod oksidi atmosferaga tashlanmay qolgan bo‘lsa-da, undan keyingi kuzatilgan keskin iqtisodiy o‘sish natijasida bu ko‘rsatkich yana qayta 1,61 milliard tonnaga ko‘tarilib qoldi.

    Biroq bu bilan xursand bo‘lishga hali erta. Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha qabul qilingan yakuniy maqsad – global harorat isishini o‘rtacha 1,5 darajadan oshirmaslik uchun uglerod oksidlari miqdorining ushbu 5,5 foiz qisqarishi baribir kamlik qiladi. Eslatib o‘tamiz, global iqlim isishining oldini olish uchun atmosferaga yillik uglerod oksidlari tashlamasini 7,6 foizga qisqartirish talab etiladi. Buning uchun joriy o‘n yillikda uglerod oksidlari chiqarilishi miqdori 2,8 milliard tonnaga kamaytirilishi lozim va shunda ilish darajasini o‘sha 1,5 daraja atrofida to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin. Buning uchun esa 2030-yilga borib global miqyosda atmosferaga chiqarilayotgan tashlama gazlar hajmi 2010-yildagiga nisbatan 45 foizga qisqartirilishiga erishish kerak.

    Albatta, ekspertlar keyingi o‘n yillikda yuqorida aytilgan marraga haqiqatan ham erisha olinishiga katta shubha bildirdi. Buning uchun ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmagan holda uglerod oksidi tashlamalarisiz ishlaydigan texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish kerak bo‘ladi. Shunday qilish kerakki, bir birlik yalpi ichki mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan uglerod oksidi tashlamasini imkon qadar minimumga tushirish kerak bo‘ladi. Agar atmosferaga zararli gazlar chiqarmaydigan sanoat texnologiyalariga o‘tilmasa, keyingi yillarda chiqariladigan uglerod oksidlari miqdori 2040-yilgacha har yili 15 foizdan ortaverishi mumkin.

    23.04.2020, 11:33   Izoh (0)   126022
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirdi

    23.04.2020, 10:07

    Koronavirusning ingliz tiliga ta’siri sababli Oksford lug‘atiga yangi so‘zlar kiritildi

    22.04.2020, 07:14

    Uxandagi virusologlar koronavirusning sun’iy ravishda yaratilgani haqidagi xabarlarga javob qaytardi

    19.04.2020, 23:56

    Olimlar COVID-19 bilan kasallanganlar qachon eng yuqumli bo‘lishlarini aniqladi

    17.04.2020, 06:17

    Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi

    16.04.2020, 21:09

    Kanadalik olimlar koronavirus ko‘payishini bloklovchi preparatni topdi

    16.04.2020, 07:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.