Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 23 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kasallarning aksariyati — 14 nafari Bishkek shahrida aniqlangan. Chuy viloyatida — 1, O‘sh viloyatida — 4, O‘sh shahrida — 2, Issiqko‘l viloyatida — 2 kishida COVID-19 infeksiyasi ijobiy chiqqan. Koronavirus bilan kasallangan yangi bemorlarning 15 nafari ayol, 8 nafari erkak.
Shunday qilib, butun mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni vafot etgan besh nafar bemor hamda davolanishga muvaffaq bo‘lgan 144 kishi bilan birga 489 kishiga yetdi. Hozirda shifoxonalarda 370 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 4 nafari jonlantirish bo‘limida.
Ayni vaqtda kasallarning asosiy qismi — 135 bemor O‘sh viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyingi pog‘onada 102 nafar bemor bilan Bishkek o‘rin olgan. Jalolobodda esa 93 kishida COVID-19 aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1380 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 129 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.
Izoh (0)