Hozir hamma uyda o‘tiribdi: avtotransport harakatlanmayapti, samolyotlar parvoz qilmayapti, yirik zavodlarda esa ishlab chiqarish hajmi kamaytirilgan. Yer “nafasini rostlash” imkonini qo‘lga kiritdi. Bu holat turli shaharlarda havoning ifloslanish darajasini kamaytirmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Tozalanish jarayoni sayyoraning eng ifloslangan hududlarini ham qamrab olmoqda. Insonlar faolligining kamayishi Hindistonning smog darajasi yuqori bosqichga chiqqan Nyu-Dehli shahri havosining tozalanishiga olib keldi.
Quyidagi rasmlarda shaharning qanday o‘zgarganini ko‘rish mumkin.
AQI India ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oy ichida Nyu-Dehli havosining ifloslanishi sezilarli darajada kamaydi. Shahar havosi sifati ko‘rsatkichi esa “yomon”dan “me’yorida” va “yaxshi”ga o‘zgardi.
Koronavirus faqat havoning ifloslanish darajasiga ta’sir ko‘rsatmayapti. Avvalroq koronavirus sabab “Yerning qaltirashlari” pasaygani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)