Markaziy bank 14-apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 103,26 so‘mga ko‘tarilib, 9 693,36 so‘mni tashkil qildi. Yevro 234,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 599,69 so‘m bo‘ldi.
O‘tgan haftada dollarning rasmiy kursi 35,88 so‘mga ko‘tarilib, 9 590,10 so‘mni tashkil qilgandi. Valyuta birjasida esa dollar kursi 9700 so‘mdan oshgandi.
Izoh (0)