“Milan” klubi koronavirusga qarshi kurashda Italiyaga ko‘maklashmoqda.
Klub tomonidan tashkil etilgan virusga qarshi kurash aksiyasi doirasida 600 ming yevrodan ortiq pul mablag‘i yig‘ilgan. O‘z navbatida pul tushumi davom etmoqda.
Xayriya klub, muxlislar, o‘yinchilar, rahbariyat, xodimlar va jamoa fan-klubi a’zolari tomonidan amalga oshirilgan.
Shuningdek, “Milan” talabalarga uyda dars qilish imkoniyatini yaratish maqsadida 30 ta planshet sovg‘a qilgan. Jamoaning xitoylik muxlislari esa 16 mingta tibbiyot niqobini xayriya qilgan.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)