Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 62 ta yangi holat aniqlandi, 2 kishi vafot etdi. 112 kishi tuzaldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib.
Qayd etilishicha, kasallanganlarning 25 nafari virusni chetdan, qolgan 3 nafari esa mamlakatning o‘zida yuqtirgan.
Umumiy hisobda, Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq 1 042 ta holat qayd etilgan. Ulardan 714 nafari kasallanganligicha qolmoqda (shundan 23 nafarining ahvoli og‘ir), 328 kishi tuzalgan.
Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus aniqlanganidan buyon 82 758 kishi kasallangani tasdiqlangan, 3337 kishi vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lum qilgandi. So‘nggi sutkada 137 ta shunday holat aniqlangan. Ularning 102 tasi chetdan yuqtirilgan.
Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 64 kishiga karantindan javob berilgan. Test ularda virus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, biroq kasallikning hech qanday alomatlari aniqlanmagan. Ayni paytda kasallik alomatlari kuzatilmayotgan yana 1 095 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Izoh (0)