Fransiyaning “Reyms” futbol klubi shifokori Bernar Gonsales o‘z joniga qasd qilish natijasida vafot etdi.
60 yoshli shifokorda koronavirus aniqlangan va u turmush o‘rtog‘i bilan izolyatsiyaga olingandi.
Bu haqda Reyms shahar meri Arno Robine ma’lum qilgan. Biroq Arno Gonsalesning o‘limoldi yozgan xatini ochiqlamagan.
“Gonsales buyuk va tan olingan professional edi. Hozir mening hayolim uning ota-onasi, ayoli va oilasida. U COVID-19 virusining ikkilamchi qurboniga aylandi, chunki unda infeksiya borligi aniqlangandi. U o‘z harakatini sharhlash uchun xat qoldirganini bilaman. Biroq men uni e’lon qilmayman”, — deydi Arno Robine.
Le Parisien nashrining xabariga ko‘ra, mazkur xatda shifokor koronavirus sabab o‘zini o‘ldirganini ma’lum qilgan. Gonsales “Reyms” klubida 20 yildan ortiq muddat ishlagandi.
Hozirga kelib Fransiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 93 ming nafarga yaqinlashib qoldi. 8 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)