O‘zbekiston aholisining karantin paytini maroqli o‘tkazishi uchun san’atkorlar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova har kuni Instagram’dagi sahifasi orqali jonli konsert taqdim etmoqda.
Kulgi ustasi Avaz Oxun Zo‘r TV telekanalining tashabbusi bilan tomoshabinsiz zalda konsert dasturini taqdim etdi.
Shu kunlarda “Dizayn” va “Bravo” kulgi jamoalarining yangi konsert dasturlari ham YouTube’ga joylashtirildi. “Bravo” kulgi jamoasi 2019-yilning oktabr oyida, “Dizayn” kulgi jamoasi esa dekabr oyida “Xalqlar do‘stligi” san‘at saroyida konsert dasturini taqdim etgan edi.
Kulgi jamoalarning kulgili sahna ko‘rinishlari va hajviyalarini tomosha qilib, madaniy hordiq chiqarishingiz mumkin.
Izoh (0)