Koronavirus sabab to‘xtab qolgan Rossiya Premyer Ligasi mavsumi PES 2020 simulyatorida davom ettirilmoqda.
“Sports.ru” va MegaFon tomonidan tashkil etilgan “Eng tezkor liga”da har bir klubdan bittadan vakil qatnashmoqda.
24-turda “Rostov” nomidan qatnashayotgan Eldor Shomurodov “Krasnodar” tarbiyalanuvchisi Aleksandr Ageyevga qarshi bahs olib bordi. Unda o‘zbekistonlik futbolchi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eng tezkor liga, 24-tur
“Rostov” (Shomurodov) — “Krasnodar” (Ageyev) 0:1
30-mart, dushanbaGol: 0:1 — 67 Ari.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)