O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilish to‘xtatilgani ma’lum qilindi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, vaqtincha cheklov choralari kiritilishi munosabati bilan hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2020-yil 27-martdan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi.
TIV xat va murojaatlarni “info@mfa.uz” elektron manzili orqali qabul qilinishi va murojaatchilardan maktublarni elektron nusxada yuborishni so‘ragan.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov koronavirus tarqalishining oldini olish masalalarini muhokama qildi
- Koronavirusdan vafot etgan kishi qanday dafn etiladi? O‘zbekiston musulmonlari idorasi javob berdi
- Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda 21 ta YPX maskani va 60 ta postning faoliyati qayta tiklandi
Izoh (0)