“Napoli” futbol klubi Italiyada keng yoyilgan koronavirus pandemiyasiga qaramasdan 25-mart kunidan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Ta’kidlanishicha, A Seriya vakillaridan faqat neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentis va “Latsio” rahbari Klaudio Lotito mashg‘ulotlarni 4-aprelga qadar boshlashni istagan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya hukumati 3-aprelga qadar barcha sport tadbirlarini to‘xtatib qo‘ygandi.
Italiya futbolchilari assotsiatsiyasi prezidenti Damiano Tommazi bunday sharoitda mashg‘ulotlarga kirishish xavfsiz emasligi haqida o‘yinchilarni ogohlantirgan.
21-mart holatiga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan zararlangan soni 47 mingdan oshib ketdi. 4 ming kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)