Germaniyaning “Ayntraxt” klubi futbolchisi koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Futbolchida holsizlik va kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lgach, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Qon tahlili koronavirusga ijobiy natijani bergan. Barcha jamoa a’zolari va klubning ba’zi xodimlari tekshiruvdan o‘tadi hamda ular 14 kunlik majburiy karantinga yuboriladi”, — deyiladi frankfurtliklar bayonotida.
Virusni yuqtirib olgan futbolchining ismi oshkor qilinmagan.
20-mart holatida Germaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 15 mingdan oshib ketdi. 44 kishi vafot etgan. Avvalroq Bundesliga uchrashuvlari qoldirilgandi.
Izoh (0)