• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Magnetizmning “tutqich bermas” shakli aniqlandi. Kvant texnologiyalari rivoji yangi kashfiyotga bog‘liqmi?

    Fiziklar 50 yil avval bashorat qilingan magnetizmning “tutqich bermas” shaklini aniqladi. Kelajak kvant texnologiyalari rivojiga katta ta’sir o‘tkazishi kutilayotgan kashfiyot haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov ma’lumot beradi.

    1966-yildayoq yapon fizigi Yosuke Nagaoka magnitlarni ishlashga majbur qiladigan fenomen bo‘lmish — ferromagnetizmni qo‘zg‘ata oladigan noodatiy yangi mexanizm haqidagi ilmiy g‘oya bilan chiqish qilgan edi. Uning g‘oyalari nazariy jihatdan asosga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin amalda tabiiy materiallarda shu chog‘gacha hali hech qachon kuzatilmagan edi.

    Biroq texnik va texnologik progress olg‘a ketmoqda. Nature jurnalida e’lon qilingan maqolada aytilishicha, olimlar aynan shu fenomenni laboratoriya sharoitida kuzatishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Fizik hodisa u haqidagi ilk ilmiy g‘oyalar muallifi Nagaoka sharafiga “Nagaoka ferromagnetizmi” deb nom oldi. Maqolada ta’kidlanishicha, olimlar Nagaoka ferromagnetizmining “eksperimental signaturalarini” olishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun maxsus buyurtma asosida tayyorlangan va qat’iy nazorat qilsa bo‘ladigan kvant elektr sistemasi zarur bo‘ldi. Albatta, hali yangi turdagi magnetizm qurilmasini mavjud texnik ishlanmalar uchun tatbiq qilish borasida so‘z ochishga juda erta. Biroq amalga oshirilgan bu kashfiyot kelajak kvant texnologiyalari rivojiga katta ta’sir o‘tkazishi tayin.

    Tadqiqotchilarning tan olishicha, ular eksperimentlarni boshlagan paytda loyihaning muvaffaqiyatiga umid ham qilmagan. Nagaoka ferromagnetizmini tushunishning eng oddiy usuli — bu maktab o‘quvchilari orasida bir zamonlar mashhur bo‘lgan “15” o‘yinidir. Unda, kvadrat shaklidagi quticha ichida to‘rt qator qilib terilgan birdan 15 gacha raqamlar va ularni surish uchun bitta bo‘sh joy bo‘ladi. Raqamlarni o‘zaro joy almashtirish orqali surib, ketma-ketlikni birdan 15 gacha to‘g‘rilab terish kerak bo‘ladi.

    Nagaoka ferromagnetizmida ham shunga o‘xshash tartib hosil qilish kerak. “15” o‘yinidagi raqamlar o‘rnida faqat o‘zigagina xos spin va tekislanishga ega bo‘lgan elektronlar tasavvur qilinadi. Elektronlarning hammasi bir yo‘nalishga tekislangan paytda magnit maydoni yuzaga keladi. Nagaoka elektronlarning erkin harakatda bo‘lgan paytida ham material o‘zining magnit xossalarini saqlab qola oladigan holatdagi ideal ferromagnetizm hodisasini nazariy bayon qilib bergan edi.

    Nagaoka ferromagnetizmida barcha elektronlar bir yo‘nalishda tekislangan va bu degani ular o‘rin almashgan taqdirda ham umumiy sistemaning magnetizm xossasi doimiy saqlanib qolaveradi va umumiy konfiguratsiya uchun elektronlar egallagan joyining ahamiyati yo‘qligi sababli sistemaga kamroq energiya talab etiladi.

    Nagaoka ferromagnetizmini amalda ko‘rsatish uchun olimlar kvant nuqtalaridan iborat, ikki o‘lchamli 2×2 panjara yasadi (Kvant nuqtalari juda mayda yarimo‘tkazgich zarrachalar bo‘lib, kelajak kvant kompyuterlari aynan shunday zarrachalar asosida ishlashi taxmin qilingan). Keyin esa butun sistema mutlaq nol darajaga (−273,15 ℃) juda yaqin bo‘lgan −272,99℃ haroratgacha sovutildi. So‘ng uning ichidagi uch dona elektron tutib olindi (bu “15” o‘yinida raqamlarni surish uchun bitta joy qoldirilgani kabidir). Shundan keyin panjara Nagaoka aytganidek, o‘zini magnit sifatida tutayotganini ko‘rsatishi kerak edi.

    Olimlar elektronlarning spini oriyentatsiyasini aniqlay oladigan o‘ta sezgir elektr datchigini qo‘lladi. O‘lchashlar o‘ta kichik va o‘ta sezgir kvant zarralardan iborat sistemada haqiqatan ham elektronlar spini bir tarafga tekislanganini ko‘rsatdi va tabiiyki, buning uchun eng kam energiya sarflanadigan holatni tanladi.

    Avvallari bu narsa fizika sohasining eng murakkab muammolari qatoriga kiritilar edi. Shu sababli olingan ilmiy natijani bizning magnetizm hodisalari va kvant mexanikasi borasidagi bilimlarimizda ham, shuningdek, ferromagnetizm hodisasi borasida ham yangi ilg‘or qadam bo‘ldi deyish mumkin. Endilikda, magnetizm hodisalari nanoo‘lchamlar miqyosida ham kuchga ega ekani bizga ma’lum.

    Olingan natija yaqin kelajakda bizning an’anaviy kompyuterlarimiz o‘rnini egallashi lozim bo‘lgan kvant kompyuterlarini yaratish yo‘lida katta yordam berishi mumkin. Nagaoka ferromagnetizmi singari kvant texnologiyalarini eksperiment qilib ko‘rishni taqozo qiladigan ilmiy g‘oyalar kvant kompyuterlarini yaratish borasida texnik va texnologik yo‘nalishni belgilab beradi.

    15.03.2020, 12:09   Izoh (0)   31940
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.