O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natishi xabar berilgan edi.
O‘zbekiston hukumati portalida ma’lum qilinishicha, mazkur xavfli infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigiyenik gellar va dori vositalari singari umumiy og‘irligi qariyb 6 tonna bo‘lgan tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda.
Ular va samolyot ekipaji a’zolari qaytib kelgach, belgilangan tartibda malakali shifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik haydovchilar 7-mart kuni COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilishi sababli “Lutfobod” va “Saraxs” chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgandi. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib vatanga qaytishni rad etgan va O‘zbekistonga qaytarish masalasida Prezident Shavkat Mirziyoyevdan yordam so‘rab videomurojaat yo‘llagan.
Izoh (0)