Amerikaning asosiy indekslari Nyu-York fond birjalaridagi 12-mart kungi savdo natijalariga ko‘ra deyarli 10 foizga tushib ketdi, deb xabar beradi “RBK”.
Dow Jones sanoat indeksi 2352,60 punkt pastlab, 9,99 foizga tushib ketgan. S&P 500 indeks ko‘rsatkichlari esa 260,74 punkt pastlagan (- 9,51 foiz), Nasdaq indeksi esa 770,25 punktga (- 9,43 foiz)ga tushib ketgan.
CNBC telekanalining ta’kidlashicha, bu 1987-yildan buyon kuzatilgan eng yirik pasayish. O‘shanda Dow Jones ko‘rsatkichlari “qora dushanba”da 22,61 foizga tushib ketib, o‘z tarixidagi eng past natijani qayd etgan.
Shu bilan birga, SVOE Volatility Index’i (“qo‘rquv indeksi”) 13-mart kuni 75,47 punt yuqorilab, 40 foizga o‘sgan. Bloomberg’ning yozishicha, o‘tgan kuni ushbu indeks 2008-yilgi iqtisodiy inqirozlar vaqtidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichni namoyon etib, 66 punkt yuqorilagan (12 yil oldin 59 punktga ko‘tarilgan edi).
Taxminlarga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, SVOE indeksi qanday tez ko‘tarilgan bo‘lsa, shunday tushib ketadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)