• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzAuto’ning yangi narxlari adolatlimi? Korxona o‘zi bilganicha narx belgilashga haqlimi? Mutaxassis bu savollarga javob berdi

    UzAuto avtomobil narxlarini oshirish katta shov-shuv va muhokamalarni keltirib chiqardi. Bir qarashda bahsli masalalarga oydinlik kiritishi lozim bo‘lgan parlament eshituvlari ham aslida ko‘p savollarni ochiq qoldirdi. Bu savollarning ba’zilariga javob topish uchun yurist, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi O‘tkirbek Xolmirzayevga murojaat qildik. U narx oshirilishi qay darajada adolatli va qonuniy bo‘lganinga izoh berdi.

    Foto: O‘tkirbek Xolmirzayev

    Foto: O‘tkirbek Xolmirzayev

    UzAuto Motors AJ avtomobil narxlarini oshirishi jamiyatda katta bahslar keltirib chiqardi.

    Mavzuga doir:

    • UzAuto Motors avtomobillar narxi nega oshganiga izoh berdi
    • Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAuto Motors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoraladi
    • “Narxlar qaysi omillar tufayli oshganini iste’molchi bilishga haqqi bormi yoki yo‘qmi?”. Deputat UzAuto Motors’dan tushuntirish so‘radi
    • “Iloji bo‘lsa, oilaviy qarg‘ang”. UzAuto narxlarining oshishi ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida
    Kompaniya mutaxassislari Oliy Majlis va OAV vakillari bilan bo‘lgan parlament eshituvlarida o‘z tovarlari narxi oshirilish sabablari bo‘yicha argumentlarini keltirdi. Asosiy masala qolib boshqa masalalar muhokama qilishga o‘tib ketildi (kompaniya tovarlarining chet eldagi narxlari, tovarlardagi nuqsonlar va h.k.). Ko‘rinib turibdiki, eshituvlar oshirilgan narxlar bo‘yicha tushuntirish berish va imkon qadar narxlarni oqlash, norozilik kelib chiqishining oldini olish uchun tashkil etilgan. Tadbirdagi ahvol, ayniqsa moderator apologetikasi menga juda kulguli tuyuldi. Deputatlar yuridik jihatdan professional emasligi, masalaning qonuniy asoslarini ko‘rib chiqish o‘rniga ijtimoiy kontekstdan argumentlar qidirganiga e’tibor qaratdim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Lekin jamiyat ham, OAV ham, deputatlar ham bir narsani nazardan chetda qoldirdi. Bu – ayni kompaniya tovarlari narxlarini belgilashni tartibga soluvchi qonun bilan o‘rnatilgan qoidalar. Zero narx oshirilishi adolatli-adolatsizligi mazkur normalarga asosan belgilanishi kerak edi.

    Aslida-ku, monopoliya yomonligi, har qancha tartib o‘rnatilmasin monopoliya uni chetlab o‘tishi, qonunchilik bilan boshqarib bo‘lmasligi ayon. Lekin hali raqobatli bozor yo‘q ekan, hech bo‘lmasa o‘rnatilgan tartibga rioya qilib narx belgilanishini talab qilish mumkin.

    Aslida har bir tijoratchi tashkilot o‘z tovarlariga bozordan kelib chiqib o‘zi narx belgilaydi. Lekin shunday (monopol) tijoratchi subyektlar borki, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra ular tovarlariga narx belgilashda ayrim tartiblarga rioya qilishga majbur.

    Ustun mavqe nima?

    “Raqobat to‘g‘risidagi” qonunga ko‘ra, ustun mavqe bu bozorda bir subyektning boshqa raqobatlashuvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z faoliyatini amalga oshirishi va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, tegishli bozorga boshqa subyektlarning kirishini qiyinlashtirishi yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklashi imkoniyatini beradigan holatdir.

    Ustun mavqe e’tirof etilishi uchun subyekt bozorda 50 foiz va undan ortiq ulushga ega bo‘lishi yoki ayrim shartlar bilan birga 35 foizdan ortiq ulushni egallashi yetarli.

    Batafsil o‘qing:

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-sonli “Tovar va moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeini e’tirof etish hamda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi qarori

    UzAuto Motors AJ bozorda ustun mavqega ega

    Bizning UzAuto Motors ushbu belgilarga to‘la mos keladi: tegishli bozordagi ulushi 100 foizga yaqinlashadi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, UzAuto Motors AJ avtomobil bozorida ustun mavqeni egallovchi xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. Ushbu korxona, menimcha, ustun mavqening eng oliy darajasida monopol mavqeda bo‘lsa kerak, yana hisob-kitob qiluvchi vakolatli organlar yaxshriroq biladi. Zero bozorda unga deyarli raqib yo‘q, uning bozordagi ulushi qariyb 100 foizga yaqin. Bu haqda ochiq ma’lumot yo‘q, lekin bir vaqtlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari buni aytib o‘tgan edi.

    Shuningdek, qonuchilik ustun mavqedagi korxonalar o‘z mavqeini suiiste’mol qilishini taqiqlaydi va unga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham u mavjuddir.

    Foto: Askar Yakubov

    Foto: Askar Yakubov

    Ustun mavqeni suiste’mol qilish bu pirovard natijada raqobatni cheklashga va/yoki iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlardir. Qonunda ushbu suiiste’molning ayrim tarkiblari sanalgan bo‘lib, masalan, tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilash ham suiiste’mol hisoblanadi.

    Qonunga ko‘ra, tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx:

    bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori bo‘lsa;

    asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, monopol yuqori narxdir.

    Ko‘pchilik nazdida UzAuto Motors belgilagan narxlar asossizday (zero u monopol, narxini asoslashi kerak). Unda asosliligini kim tekshiradi? Konferensiyada buni muhokama qilib bo‘lmaydi, xarajatlarni o‘rganish, tahlil qilish va keyin qaror qabul qilish kerak bo‘ladi.

    UzAuto Motors narxlarni qanday o‘rnatadi?

    Yuqoridagi hujjatni yaxshilab o‘rganib chiqsak, yagona avto ishlab chiqaruvchimiz ustun (yoki monopol) mavqe egallagan korxona sifatida maxsus reyestrga kiritilgan va shunga muvofiq u o‘z tovarlariga o‘zi istaganicha narx belgilash huquqiga ega emas.

    Qonunda tovarning bozordagi monopol narxi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanishi ko‘rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi subyektlar tovarlariga narxlarning o‘zgarishi dinamikasini kuzatib borishi:

    har chorakda subyektlar tomonidan taqdim etilgan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlarga qo‘llaniladigan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

    statistika organlari ma’lumotlarini (ma’lumotnomalar, byulletenlar va boshqalarni);

    ommaviy axborot vositalari ma’lumotlarini;

    belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funktsiyalari materiallarini (o‘rganishlar natijasida tekshirish bo‘yicha dalolatnomalar va ma’lumotnomalar, berilgan ko‘rsatmalar va boshqalarni);

    qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ma’lumotlarini tahlil qilib borishi belgilangan.

    Ushbu qarorda monopol narxlarni aniqlash, ularning asosliligini tekshirish tartibi ham belgilangan bo‘lib, UzAuto Motors narxlarini ushbu normaga muvofiqligini tekshirish lozim. Faqat vakolatli organgina aniq hisob-kitoblarga asoslanib narxlarning qanchalik adolatli yoki monopol ekanligini aniqlay oladi.

    Demak, reyestrga kiritilgan monopol korxonalarning narxlari Monopoliyaga qarshi organ tomonidan tahlili qilinishi, uning narxlari tovar bozorida qiyoslanadigan narxlarning tegishli o‘sish sur’atlari bilan taqqoslash bo‘yicha tovar narxining 10 foizga asossiz oshirilishida yoki tovar narxi asossiz o‘zgartirilishidan dalolat beruvchi boshqa xatti-harakatlarda ifodalanadigan monopol yuqori narx hodisasi aniqlanganda tegishli choralar ko‘rilishi kerak.

    Foto: UzAvto Motors

    Foto: UzAvto Motors

    Hozir tannarxni, xarajatlarni narxlarni hisoblash va shakllantirish tartibiga to‘xtalib o‘tirmaymiz, zero bu murakkab ish, uni mutaxassislar qilishi kerak.

    Avtomobilga narx oshgani uchun kimdan hisobot so‘rash kerak?

    Narxlarni asoslashni UzAuto Motors’dan emas, u bevosita ushbu sohadagi vakolatli organ – Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidan so‘rashimiz kerak.

    Qonunga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi narxni o‘rganishi, qonun buzilishi holatlari aniqlangan Vazirlar Mahkamasining 2005 -yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atishi lozim. Axir ular monopol narxlar o‘rnatilmasligi, iste’molchilar huquqlari kamsitilmasligi va ushbu sohadagi qonun ustuvorligi uchun mas’ul. Shuning uchun ish haqi oladi ular.

    Qolaversa, Monopoliyaga qarshi organ monopol narxlarni aniqlashda ommaviy axborot vositalari ma’lumotlarini ham tahlili qilib borishi qarorda ko‘rsatilgan.

    * * *

    Xulosa qilish mumkinki, Oliy Majlis deputatlari, ular haqiqatan narxlarni o‘rganish, monopol, asossiz narxlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bo‘lsa, UzAuto Motors’ni emas, vakolatli davlat organi –Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini chaqirib, eshituvlar uyushtirishi kerak. Zero ular mutaxassis va aniq hisob-kitoblar bilan javob beradi. Monopol korxonani so‘roqqa tutishdan ne naf? U doim o‘z narxini himoya qiladi va bu uchun uni ayblash qiyin.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    12.03.2020, 07:50   Izoh (0)   110996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Orollardagi hashamat: Jey Lo, Jeki Chan va boshqa yulduzlarning villasiga sayohat

    Shou-biznes | 19 iyun, 16:07

    Hindiston musulmon fuqarolarini Bangladeshga noqonuniy deportatsiya qilmoqda — The Guardian

    Dunyo | 19 iyun, 15:55

    MLSda eng ko‘p sotilgan liboslar: Messi peshqadam (TOP-24)

    Sport | 19 iyun, 15:50

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 15:28

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.