O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Xorazm viloyatiga bundan oldingi tashrifi 2018-yilning noyabrida amalga oshirilgan edi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Xiva tumanida 1,1 million dollarlik eksport shartnomalari imzolangan pillachilik korxonasi bilan tanishgandi.
Izoh (0)