• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Yevropada vodorodli avtomobillar ommalashmoqda. Ekologik toza yoqilg‘i haqida nimalarni bilamiz?  

    Bugungi kunda Yevropa mamlakatlari ko‘chalarida 14 mingdan ortiq vodorodli transportlar harakatlanmoqda. Mercedes-Benz, Toyota va Hyundai kabi dunyoning yirik avtokonsernlari vodorod texnologiyalarini ishlab chiqarish uchun katta mablag‘ sarflamoqda. Xo‘sh, vodorodning boshqa an’anaviy yoqilg‘ilardan afzalligi nimada? Vodorodli transportning istiqbollari qanday?

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Suv xo‘jaligi vazirligi milliy hamkor hisoblangan, Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun hamkorlik va xabardorlikni oshirish” (UzWaterAware) loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan Ispaniyaga uyushturilgan stadi-tur doirasida mamlakatdagi milliy vodorod markaziga tashrif buyurdik hamda yuqoridagi savollarga javob olishga harakat qildik.

    O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu o‘quv safarida qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari hamda O‘zbekistondagi yetakchi OAV xodimlari ishtirok etdi.

    Vodorodli avtomobillar tarixi

    Vodorodda ishlaydigan dvigatelni 1806-yilda Fransua Isaak de Rivas ixtiro qilgan. Olim vodorodni suv elektrolizi yordamida olgan. Ixtirochi yaratgan porshnli dvigatel de Rivas mashinasi (De Rivaz engine) deb ataladi.

    Fransua Isaak de Rivas. Foto: Wikipedia

    Fransua Isaak de Rivas. Foto: Wikipedia

    de Rivas mashinasi. Foto: Wikipedia

    de Rivas mashinasi. Foto: Wikipedia

    1980-yildan bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatlarda, xususan, AQSh, Yaponiya, Germaniya va Kanadada vodorodda, vodorod-benzin, vodorod-tabiiy gaz aralashmasida yuradigan avtomobillarni tajriba tariqasida ishlab chiqarish boshlangan.

    “Yashil” avtomobil konsepsiyasi ommalashgandan so‘ng vodorodli avtomobillarga yirik korporatsiyalar, xususan, Toyota qiziqish bildirdi.

    2000-yillardan boshlab avtokonsernlar vodorodli avtomobillar ishlab chiqarish va sotishga jiddiy kirishdi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Ispaniya milliy vodorod markazi nodavlat tashkilot bo‘lib, u vodorodni qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Markazda laboratoriya, tadqiqot markazi hamda faoliyatning boshqa turlari amalga oshiriladigan bo‘linmalar mavjud.

    “Bizning asosiy vazifamiz vodorodni milliy darjada iste’molga tatbiq etish hisoblanadi, chunki bu jarayonning afzalliklari talaygina. Biz bu yerda turli tadqiqotlardan tashqari yana asbob-uskunalar prototiplarini ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanamiz. Tabiiyki, biz bularning hammasini tekshiramiz, litsenziya olamiz. Bizning har bir ixtiromiz keyinchalik amaliyotda qo‘llanishi uchun zarur bo‘lgan sertifikatlash jarayonidan o‘tkaziladi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Tadqiqotlardan tashqari yana bir muhim vazifamiz bizning mahsulotimizga qiziqish bildiruvchi va keyinchalik uni amaliyotga tatbiq etuvchi korxonalar bilan bevosita aloqa o‘rnatish hisoblanadi”, — deydi Hidrogeno Ispaniya milliy vodorod markazi xodimi Vanessa.

    Vodorod nima?

    Hammamiz yaxshi bilamiz, vodorod bu — gaz. Vodorod yonuvchan gaz bo‘lib, undan elektr energiyasi ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. U tabiatda erkin va boshqa gazlar tarkibida ham bo‘lishi mumkin.

    Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, vodorod yoqilg‘i o‘rnida, xususan, isitish tizimida ishlatilishi mumkin. Vodorod hidsiz va ta’msiz bo‘lgani uchun ekologiyaga zarar yetkazmaydi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Hidrogeno Ispaniya milliy vodorod markazi qanday ishlaydi?

    Markaz vodorodni saqlash, tashish va bevosita uni qo‘llash tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

    Birinchi bosqichda vodorod ishlab chiqariladi yoki qayta ishlanadi, ikkinchi bosqich uni saqlash masalasini o‘z ichiga oladi. Ya’ni qayta ishlangan, tozalangan vodorod keyingi qo‘llanishga qadar saqlanadi.

    Uchinchi bosqich esa vodorodni tashish, ya’ni uning qo‘llanilishi. Vodorod elektroenergiya hamda issiqlik ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi.

    Vodorod qanday olinadi?

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Vodorod bir necha usulda olinadi. Elektroliz usuli eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda suv va elektr toki reaksiyasidan kislorod va vodorod olinadi. Hosil bo‘lgan vodorod yana qayta ishlanadi.

    Aniqroq qilib aytganda 10 kilogramm suv va 50 kilovatt elektr energiyasidan bir kilogram vodorod olinadi. Hosil qilingan bir kilogramm vodoroddan elektr energiyasi olmoqchi bo‘lsak, u 33,3 kilovatt elektr energiyasini beradi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Nima uchun biz 33,3 kilovatt elektr ishlab chiqarish uchun 50 kilovatt elektr sarflab, 1 kilogramm vodorod olishimiz kerak? Gap shundaki, vodorod qayta tiklanuvchi energiya manbai hisoblanadi, buning ustiga uni saqlash va boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotishlar bo‘lishi esa tabiiy.

    1 kilogramm vodorod bizni 24 kun elektr bilan ta’minlaydi. Shuncha miqdordagi vodorodni mashinaga quysak, 100 kilometr masofani bosib o‘tishimiz mumkin.

    Shu tarzda keyingi bosqichda hosil qilingan vodorodni saqlash masalasi keladi. Bu bosqichda ayrim jiddiy muammolar mavjud. Bu muammolar vodorodning juda yengil hamda o‘ta uchuvchan ekanligida. Shuning uchun vodorodni siqib, suyultirib, ballonlarga joylash talab etiladi. Vodorodni metall ballonlarda saqlash ancha samarali usul hisoblanadi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Vodorodli batareyalarning transport sohasida qo‘llanilishi

    Vodorod o‘ta ekologik yoqilg‘i hisoblanadi. Undan istalgan turdagi transport vositalarida foydalanish mumkin. Ular vodorod batareyasi o‘rnatilgan elektromobillar deb ham ataladi. Bunday avtomobillarda siqilgan vodorod uchun bak bo‘ladi. Vodorod baki batareyaga ulanadi, vodorod batareyani to‘ldiradi, elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda motor ishlay boshlaydi. Bunday avtomobillar bir soatda 178 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Vodorodning narxi esa bir litr uchun 3 yevrodan 7 yevrogacha. Hidrogeno milliy vodorod markazi tomonidan vodorod yoqilg‘isiga moslashtirilgan Hyundai avtomobilining narxi esa 79 ming yevro.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Ispaniyada vodorodli avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi uchta markaz mavjud. Yevropada hozirgi kunda 14 mingta mashina vodorodda harakatlanadi.

    Mercedes kelgusi besh yil ichida vodorod texnologiyalarini ishlab chiqish uchun 20 milliard yevro miqdorida mablag‘ ajratgan. Bundan tashqari, Hyundai va Toyota kabi yirik avtokonsernlar ham vodorod texnologiyasiga qiziqish bildirgan.

    “Bundan 25 yil avval ilk marta mobil telefon sotib olganimda uning og‘irligi besh kilogram, narxi esa 7 ming yevro edi. Hozir esa qo‘limdagi telefonim 400 yevro turadi, og‘irligi 200 gramm. Bu gapim bilan nima demoqchiman. To‘g‘ri, hozir vodorod texnologiyasi kam ishlab chiqarilayotgani uchun qimmat va ko‘pchilikka og‘irlik qiladi. Shuning uchun ham bu investitsiya kiritilishi lozim bo‘lgan soha. Vodorod ishlab chiqarilishi ko‘paytirilsa, u ancha hamyonbop bo‘lib qoladi”, — deydi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan vodorod milliy markazi xodimlaridan biri.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Vodorodli avtomobillarning odatiy yoqilg‘ida yuradigan mashinalardan nima afzalligi bor? 

    Birinchi navbatda, benzinda yuradigan mashinalar atmosferaga zararli moddalar chiqaradi. Vodorodli avtomobillarda atmosferaga suv bug‘i chiqadi. Ularning aksariyatida tutun chiqarish tizimi hatto yo‘q.

    Elektromobillarda esa quvvat olish vaqti juda uzoq. Vodorodli avtomobillarni quvvatlantirish uchun 3-5 daqiqa vaqt ketadi.

    Vodorodli mashina uzoq yo‘lda yurganida u ko‘p vodorod sarflamaydi. Bu paytda vodorodning bir qismi motorga boradi, bir qismi esa bakka qaytib, saqlanadi.

    Vodorodli batareya o‘rnatilgan mashina turli xil test-drayvlardan o‘tkazilgan. Xususan, unga quroldan o‘q uzib ko‘rilgan, bosim o‘tkazilgan,  biroq vodorod baki portlamagan. Demak, bundan vodorodli avtomobillar xavfsiz degan xulosaga kelish mumkin. Eng muhimi esa vodorod ekologiyaga zarar keltirmaydi.

    Sevara Nishonova,

    Toshkent—Madrid—Toshkent

    06.03.2020, 13:38   Izoh (0)   36590
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyodagi eng baquvvat batutga mashinani tashlasa, nima bo‘ladi? Videoda tomosha qiling

    05.03.2020, 19:11

    BMW kompaniyasi o‘z logotipini o‘zgartirdi

    05.03.2020, 06:33

    Volkswagen O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi

    04.03.2020, 14:26

    UzAuto Motors avtomobillar sotuvini vaqtincha to‘xtatdi

    04.03.2020, 10:35

    Yevropaning joriy yildagi eng yaxshi avtomobili nomi ma’lum bo‘ldi

    03.03.2020, 16:47

    Moskvada 3 808 384 ta yengil mashina qayd etilgan. Ularning 82 foizini xorijiy avtomobillar tashkil etadi 

    03.03.2020, 14:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 22:25

    Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:15

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    Dunyo | 19 iyun, 22:05

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 22:03

    Si Szinpin Qozog‘istonga qilgan safari haqida Putinga ma’lumot berdi

    Dunyo | 19 iyun, 21:55

    Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasida tanishgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyun, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.