Tojikiston Afg‘oniston bilan chegara o‘tish nuqtalarida nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Mirxamuddin Kamolzodaga tayanib, “Sof.uz” xabar berdi.
Kamolzodaning ta’kidlashicha, gap chegara o‘tish nuqtalarini to‘liq yopish haqida ketmayapti.
“Hozir xodimlarimiz chegarada va u yerda vaziyat nazorat ostida. Mamlakatimizga koronavirus kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chegara punktlarida va aeroportlarda Afg‘onistonning tegishli organlari bilan yaqindan ishlayapmiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunga qadar Tojikistonda 1148 nafar fuqaro karantinda saqlangan bo‘lib, ularning 882 nafari karantindan chiqarilgan.
Mavzuga doir: Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi
Izoh (0)