• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreyada koronavirus o‘chog‘iga aylangan diniy tashkilotni yopish talab qilinmoqda

    Koreya kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) Janubiy Koreyada COVID-19 koronavirusiga chalinishgan bemorlarning 98 nafari “Iso Sinchxonji cherkovi” nomini olgan diniy guruh a’zo bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda The Korea Times xabar berdi.

    Foto: “Shincheonji.kr”

    Foto: “Shincheonji.kr”

    Xabarga ko‘ra, o‘tgan seshanba, ya’ni 18-fevral kuni koronavirusga chalingan 61 yoshli ayol, kasallik alomatlari kuzatilganiga qaramay Tegudagi diniy oqim guruhi yig‘ilishlarida to‘rt marta ishtirok etgan. Tegu hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, 9-dan 16-fevralgacha bu kabi tadbirlarda 9 ming nafarga yaqin odam qatnashgan va ularning hammasi koronavirus bo‘yicha tekshirilmoqda. “Sinchxonji” diniy oqimi 1984-yilda din arbobi Li Man-xi tomonidan tuzilgan, bugungi kunda butun dunyoda 230 mingdan ortiq a’zoga ega.

    Seuldan 300 kilometr uzoqlikda janubi-sharqda joylashgan Shimoliy Kyonsan viloyati va Tegu shahrida (aholi soni 2,4 million) virus 111 nafar odamda kuzatilgan. 23-fevral holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada kasallikka chalingan odamlar soni 600 nafardan oshgan. Reuters xabariga ko‘ra, ularning 309 nafari (kasallanganlarning taxminan 55 foizi) “Sinchxonji” diniy marosimlarida ishtirok etgan kishilar. Mutasaddilar har kuni 5 – 6 ming nafar fuqaro koronavirus bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilayotganini bildirgan.

    Foto: The Korea Times

    Foto: The Korea Times

    Mamlakatda 12 ta bo‘linmaga ega “Sinchxonji” guruhi cherkov marosim va yig‘ilishlari vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi. Sektaning Tegudagi filiali 19-fevralda yopib qo‘yilgan. “Sinchxonji”ning sobiq a’zosi koronavirusning bu qadar ko‘p odamga yuqishi marosimlar vaqtida odamlarning tizzalab, qo‘llarini bir-birining yeklasiga qo‘ygan holda qo‘shiq kuylashi oqibatida yuz berganini ta’kidlagan. Tegu hokimligi vakillari guruhning 1001 nafar a’zosini tekshirgan, 544 nafar a’zoda koronavirus alomatlari kuzatilgan. Yana 2722 nafar odam koronavirus alomatlari o‘zlarida sezilmaganini bildirgan, 343 nafar odam esa tekshiruvdan bosh tortgan.

    “Seul hokimligi shaharda joylashgan “Sinchxonji”ning barcha obyektlaridan karantin va dizinfeksiyalash ishlarini olib bormoqda”, — deydi Koreya poytaxti hokimi Pak Vonsun.

    Kyongi provinsiyasi hokimligi ham hududdagi “Sinchxonji” a’zolari ko‘rikdan o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.

    23-fevral kuni “Sinchxonji” vakili diniy guruhning COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan.

    “Cherkov a’zolari ham infeksiya qurbonlari hisoblanadi, biz Janubiy Koreya fuqarolari shuni unutasliklarni so‘raymiz. Odamlardan bizni tanqid qilishni to‘xtatish va bizdan nafratlanmaslikni so‘rab qolamiz”, — deyiladi bayonotda.

    Diniy guruh ushbu bayonot orqali Koreya hukumatiga yuborilgan onlayn-petitsiyaga javob qaytargan. Petetsiyada “Sinchxonji” guruhini tarqatib yuborish taklif qilingan (u allaqachon 200 minta imzo to‘plashga muvaffaq bo‘ldi).

    “Tegu shahri va Shimoliy Kyonsan viloyatida koronavirusning tarqalishiga “Sinchxonji” oqimining ahloqqa zid harakati va hukumat bilan hamkorlik qilmagani sabab bo‘ldi”, — deyiladi petitsiyada. Qonunga ko‘ra, petitsiyani imzolaganlar soni 100 ming nafardan oshsa, prezident administrastiyasi ushbu hujjatda ko‘tarilgan masala yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qilishi lozim.

    Janubiy Koreyada 23-fevral holatiga, koronavirusga chalinganlar soni 600 nafardan oshgan, 6 nafar bemor vafot etgan, 18 nafari tuzalgan va yana 6 ming nafar odamda infeksiya borligi taxmin qilinmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • Samsung koronavirus bilan kasallangan xodim sababli Janubiy Koreyadagi korxonalaridan birini yopdi
    • Janubiy Koreya koronavirusning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hammasiga mahalliy diniy sektaga a’zo ayol sababchi
    • Janubiy Koreyada ham koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holati kuzatildi
    XXR sog‘liqni saqlash komissiyasi 23-fevral holatiga Xitoyda 2442 nafar fuqaroda 2019-nCoV koronavirusiga chalinish holati kuzatilganini ma’lum qilgan. Butun dunyoda ushbu kasallikka chalinganlar soni 76,9 ming nafar ekani haqida xabar berilgan.

    24.02.2020, 08:06   Izoh (0)   37495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya koronavirus tarqalish xavfi yuzasidan mamlakatda safarbarlik e’lon qildi

    24.02.2020, 06:02

    Italiyaga yoyilayotgan koronavirus, qirol Fyuri, Turkiyadagi zilzila. 23-fevralning eng qiziqarli suratlari

    24.02.2020, 01:30

    Turkiya harbiylari Idlibda Suriya qo‘shini hujumiga uchradi (video)

    23.02.2020, 23:46

    Berni Sanders demokratlarning Nevadadagi kokusida g‘olib chiqdi

    23.02.2020, 23:25

    Uorren Baffett kompaniyasi investorlariga yozgan xatida o‘lishga tayyorgarlik ko‘rib qo‘yganini ma’lum qildi

    23.02.2020, 22:44

    Samsung koronavirus bilan kasallangan xodim sababli Janubiy Koreyadagi korxonalaridan birini yopdi

    23.02.2020, 22:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.