• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi va 24-fevralning boshqa muhim xabarlari

    Xitoy koronavirusi

    Xitoyda koronavirus infeksiyasidan bir kunda 150 kishi vafot etib, qurbonlarning umumiy soni 2592 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi. Xitoyda yana 406 kishi koronavirus yuqtirib olgan (shundan 348 nafari Uxanda), kasallangan fuqarolar soni esa 77 150 kishiga yetgan. Kasallikdan davolanib, shifoxonani tark etganlar soni 24 734 kishini tashkil etib, so‘nggi bir sutkada 1846 kishi davolangani aytilmoqda. Xitoyning Uxan shahrida 24-fevral holatiga ko‘ra, 195 kishi koronavirus bilan qayta kasallangani ma’lum bo‘ldi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xitoyning olti provinsiyasida koronavirus sabab joriy etilgan favqulodda vaziyatga tezkor munosabat bildirishning eng yuqori darajasi pasaytirilgan. Ular orasida kattaligi bo‘yicha Xitoyda ikkinchi o‘rinda turadigan Guandun provinsiyasi ham bor.

    Xitoyning eng yuqori qonun chiqaruvchi organi — Butunxitoy xalq vakillari kengashi (BXXVK)ning doimiy qo‘mitasi dushanba kuni har ikki oyda bir marta o‘tkaziladigan navbatdagi sessiyaning ochilishida koronavirus epidemiyasi sababli yillik sessiyani keyinga qoldirish haqida qaror qabul qildi.

    Foto: Al Jazeera

    Foto: Al Jazeera

    Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 43 kishi kasallangan. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida Eronda koronavirus infeksiyasi tarqalgani sabab Armaniston Eron bilan chegarani yopib, aviaqatnovlarni ikki haftaga to‘xtatganini ma’lum qilgan. Turkiya hukumati ham xuddi shunday choralar ko‘rishini ma’lum qilgan. Afg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.

    Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat qurolli kuchlari koronavirusga qarshi kurashga jalb etilishi, Islom respublikasi bu xavfni minimal yo‘qotishlar bilan yengib o‘tishga harakat qilishini ma’lum qildi.

    Jamoatchilikning salomatligi uchun hamma davlat organlari, qurolli kuchlari, jamoat tashkilotlari barcha zarur choralarni ko‘radi. Biz imkon qadar kamroq yo‘qotishlar bilan eng qisqa fursatda kasallik ustidan nazorat o‘rnatishni maqsad qilganmiz.

    Hasan Ruhoniy

    Eronda ilk kasallanish holati 19-fevral, chorshanba kuni, shialar uchun muqaddas hisoblangan Qum shahrida aniqlangan, infeksiyaning asosiy o‘chog‘i ham shu yerda. Erondagi koronavirus bemorlarining aksariyati yo Qum shahridan, yo Qumga borganlar. Ehtiyot chorasi sifatida Eronning bir qator viloyatlarida o‘quv muassasalari yopilgan, shuningdek, madaniy tadbirlar bekor qilingan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi. O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi koronavirus sabab yopilishi mumkin. “Daryo”ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabining 24-fevraldagi yig‘ilishida aynan Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan. Muhokamalar jarayonida O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasini vaqtincha yopish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi boshqa munosabatlarga doir boshqa masalalar, ko‘riladigan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilingan.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Italiyada koronavirus avj olmoqda: Karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi. 23-fevral oqshomiga kelib Italiyada yangi virusni yuqtirib olish bilan bog‘liq 152 ta holat aniqlangan, ulardan uch nafari vafot etgan. 26 bemorning ahvoli og‘ir. Italiya COVID-19’ning Yevropadagi eng katta o‘chog‘iga aylandi.

    Avstriya hukumati koronavirus sabab to‘xtatib qo‘yilgan ikkita Italiya poyezdlarning 500 ga yaqin yo‘lovchisini tekshirgandan so‘ng Brenner dovoni orqali o‘tkazib yuborgan. Yuqori tana harorati aniqlangan ikki kishida koronavirus mavjudligi tasdiqlanmagan. Yo‘lovchilar italiyalik shifokorlar tomonidan tekshirilgach, rasmiy Vena poyezd harakatiga ruxsat bergan.

    AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin yangi turdagi koronavirus sabab yuzaga kelgan pnevmoniya epidemiyasini bartaraf eta olishiga ishonishini bildirdi. Bu haqda u Hindistonga uchib ketishidan oldin Oq uyda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida ma’lum qilgan.

    Koronavirus — katta muammo, ammo Si Szinpin o‘z mamlakatini yaxshi ko‘radi. U judayam ko‘p ishlayapti va muammoga yechim topadi.

    Donald Tramp, AQSh prezidenti

    Trampning qo‘shimcha qilishicha, AQShda koronavirus 12 kishida aniqlangan bo‘lib, aksariyatining ahvoli yaxshilangan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 13 kishiga yetdi: Diamond Princess kemasidan 24-fevral, dushanba kuni, evakuatsiya qilingan 32 kishining to‘rttasida koronavirus borligi aniqlandi, umumiy hisobda mamlakatda kasallikka chalinganlar soni esa 13 kishiga yetdi.

    Diamond Princess kruiz kemasi Yaponiyaning Yokogama portida 4-fevraldan beri karantinda turibdi. Kemada virus tarqalayotgani 1-fevral kuni Gonkongda tushib qolgan 80 yoshlik yo‘lovchida yangi turdagi virus aniqlanganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan edi. Kemada jami 3,7 ming kishi bo‘lgan, ularning 600 nafariga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

    Boshqa yangiliklar bormi?

    “O‘zgidromet” 26—27-fevralda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlari (Astraxan) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi hisobiga, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘lishi haqida ma’lum qildi. Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ib, yo‘llar muzlashi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga to‘rtinchi hafta pastladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 2,21 so‘mga pasayib, 9 526,28 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 10 so‘mga ko‘tarilib, 10 329,35 so‘mga yetdi.

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz:  Qashqadaryolik beva ayolning uyi buzib tashlandi. Oila ko‘chada qoldi

    O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni 2,6 milliard so‘mga chuv tushirgani aniqlandi. 2019-yil oktabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korean and migrations xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi litsenziya to‘xtatilgani hamda shu yili noyabrda O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan, ushbu jinoiy ishi bo‘yicha tergov tafsilotlari ma’lum qilingandi. Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlarning esa pullari qaytarilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Anvar Sanayev — antiqa “zapret”larga tushish bo‘yicha rekordchi: besh yillik birinchi “zapret” amaldorning to‘yi bilan bog‘liq ekan (mana bu yerda to‘liq video bor).

    “O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini boykot qilishdan foyda yo‘q”, — deydi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Cotton Campaign vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvga izoh berarkan. Koalitsiya delegatsiyasi fevral oyining boshlarida ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi.

    Foto: “Dunyo” axborot agentligi

    Foto: “Dunyo” axborot agentligi

    Toshkentning har bir tumanida bir million daraxt ekiladi. Bu haqda Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy nomidagi mahallada 81 ta ko‘p yillik daraxt kesib tashlanishi hodisasidan so‘ng “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Eslatib o‘tamiz, Yunus Rajabiy nomidagi mahallada yuz bergan hodisa jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lib, shahar va mamlakat rahbariyati e’tiborini o‘ziga qaratgach, kesib tashlangan daraxtzor o‘rnida zudlik bilan yangi yashil maskan barpo etishga kirishildi, daraxtlarni kesishga ruxsat bergan Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari va daraxtzor o‘rnida ko‘p qavatli uy qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorga qarshi jinoyat ishi ochildi, bir qator mas’ullar hayfsan oldi.

    O‘zbekistonda yana nima yangiliklar?

    “Nuriston” poligonida shartli dushmanni yakson etish bo‘yicha harbiylar mahorati sinovdan o‘tkazildi (fotolari ham bor). Ukraina O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarning qayta tiklanishiga qiziqish bildirmoqda. Yunusoboddagi xonadonda yong‘in yuz berdi. Denovdagi savdo majmuasida yuz bergan yong‘inda 18 ta savdo obyekti yonib ketdi.

    O‘zbekistonda xususiy maktablarda ham hijob taqiqlanishi mumkin. Urush yillari O‘zbekistonga rahbarlik qilgan Usmon Yusupovning uy-muzeyi rekonstruksiya qilinmoqda. O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq suratlarni tarqatganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda elektr transport vositalarining rivojlanishiga yordam bermoqchi. O‘zbekistonda 68 ming talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor. Uni qondirish uchun 3 trillion so‘m kerak.

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz: Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ITI tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

    Jinoyatlar. Xotinini Jizzaxda bo‘g‘ib o‘ldirgan erkak besh kundan so‘ng Samarqandda osilgan holda topildi. “Uning cho‘ntagida 17-fevral kuni Jizzax shahri “Kimyogar” mahallasi Sayilgoh ko‘chasidagi xonadonda 1991-yilda tug‘ilgan rafiqasi N.G.ni qasddan o‘ldirib, ustidan qulflab ketgani haqidagi xati mavjudligi aniqlangan”, — deyiladi prokuratura axborotida.

    O‘zbekiston san’at muzeyidagi qadimiy so‘zana soxtasiga almashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Eksponatni almashtirib, chet elga sotgan xodim qamalgan.

    Andijon viloyatidagi tuman tibbiyot birlashmasida qariyb 300 million so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, birlashmaning pullik xizmat bo‘limi mansabdor va moddiy javobgar shaxslari 2018—2019-yillar davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun murojaat qilgan 4 905 nafar fuqaro to‘lagan pullarni bo‘lim g‘aznasiga kirim qilmay o‘zlashtirib yuborgan.

    Jahonda-chi?

    Amerikalik saylovchilarning yarmidan ko‘pi (65 foiz) AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda prezidentlikka qayta saylanishiga ishonadi. 13—16-iyul kunlari Viskonsin shtatida Demokratlar partiyasi syezdi bo‘lib o‘tadi va unda Donald Tramp raqibining ismi e’lon qilinadi. Avvalroq Oq uy Trampga qarshi bo‘lganlarning ro‘yxatini tuzmoqchi ekanligi xabar berilgan edi.

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz:  Haftalik dayjest: Aldamchi agentliklar, “Ala-Too Ayimdari”ning “Yil odami”, Oltinsoydagi mojarolar

    “Namaste Tramp”: AQSh prezidenti Donald Tramp 24-fevral, dushanba kuni, Hindistonga tashrif buyurdi. 24-fevral kuni Tramp Ahmadobod shahriga tashrif buyuradi va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan birga respublikadagi eng katta kriket arenasida nutq qiladi. Stadionga borish yo‘lida ularni 7 million odam qarshi olishi aytilmoqda. Xo‘sh, AQSh prezidentining Hindistonga tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rildi? Ushbu fotogalereyani albatta ko‘ring.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    AQSh prezidenti Donald Tramp “Tolibon” jangarilari bilan bitim tuzishga umid qilayotganini bildirdi, chunki tomonlar nizolardan charchagan va tinchlikni istamoqda.

    Biz Afg‘onistonda 19 yildan beri bormiz. O‘ylashimizcha, ular kelishuv istamoqda. Biz ham buni xohlaymiz. Fikrimcha, bu ish bera boshladi. Ular jangdan charchadi. Kelishuv bitimi ostida o‘z imzomni qo‘ygan bo‘lardim.

    Donald Tramp, AQSh prezidenti

    AQSh davlat departamentining Maykl Pompeoga tayanib ma’lum qilishicha, AQSh “Tolibon” harakati bilan 29-fevral kuni tinchlik bitimini imzolashga tayyorlanmoqda.

    Malayziya bosh vaziri Mahatxir Muhammad iste’foga chiqdi. Ta’kidlanishicha, bosh vazir Malayziya qiroliga iste’foga chiqarish haqidagi iltimosnomani yo‘llagan, boshqa tafsilotlar noma’lum.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Daniyada Lego konstuktorining odam haykalchalari asoschisi Yens Knudsen vafot etdi. U 78 yoshda edi.

    O‘qishni qat’iy tavsiya qilamiz: 25 yoshida millionerga aylangan Stiv Jobs. Asrandiligi, o‘qishni tashlashi maqsadga erishishiga to‘sqinlik qilmagan daho

    24.02.2020, 19:22   Izoh (0)   106734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Farg‘onaazot”, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodidagi davlat ulushi investorlarga sotilishi mumkin

    24.02.2020, 19:08

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ITI tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

    24.02.2020, 18:40

    O‘zbekistonda 68 ming talabaning yotoqxonaga ehtiyoji bor. Uni qondirish uchun 3 trln so‘m kerak

    24.02.2020, 18:24

    Urush yillari O‘zbekistonga rahbarlik qilgan Usmon Yusupovning uy-muzeyi rekonstruksiya qilinmoqda

    24.02.2020, 17:55

    O‘zbekistonda xususiy maktablarda ham hijob taqiqlanishi mumkin

    24.02.2020, 17:41

    Qashqadaryolik beva ayolning uyi buzib tashlandi. Oila ko‘chada qoldi

    24.02.2020, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.