• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning “Narxoz” bo‘yicha yangi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi

    O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

    Foto: Iqtisodiyot universiteti matbuot xizmati

    Foto: Iqtisodiyot universiteti matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan iqtisodiyot sohasida kadrlarni tayyorlash borasida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Bular:

    • shiddat bilan rivojlanayotgan amaliy jarayonlar, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, uni har tomonlama kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan ilg‘or tajribalarning ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fan dasturlarida o‘zining aksini topmayotganligi, nazariy bilimlarning amaliyot bilan uzviy bog‘lanmaganligi yuzaga kelgan;
    • globallashuv sharoitida iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, iqtisodchi mutaxassis kadrlarga bo‘lgan yangicha talablarning vujudga kelayotganligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha zamon talabiga mos bo‘lgan oliy ma’lumotli va tanqidiy tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda vahokazo.
    Quyidagilar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
    • mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash, bitiruvchilarning kasbiy-malaka darajasini xalqaro mehnat bozorida tan olinishini ta’minlash;
    • ta’limning sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimiga o‘tish va jahondagi yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish asosida o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni ta’minlash;
    • zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, multimadaniy va multilingvistik muhitda dars bera oladigan, tadqiqot ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hukumati va biznes oldida turgan ahamiyatli vazifalarning yechimini topa oladigan yangi avlod professor-o‘qituvchilarini shakllantirish;
    • mustaqil ta’lim soatlari ulushini 60 foizgacha oshirish, talabalarda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish.
    Universitetda 2020/2021-o‘quv yilidan:
    • xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlari hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va fan dasturlarini universitet tomonidan mustaqil tasdiqlash;
    • ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish orqali talabalar qabulini asosan “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida amalga oshirish, birinchi va ikkinchi o‘quv yilida “Umumiy iqtisodiyot” fakulteti bazasida matematika, matematik apparati mavjud bo‘lgan fanlar, axborot texnologiyalari, iqtisodiyotda fundamental fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarni berish;
    • talabalarni 3-kursdan seleksiya orqali alohida guruhlarga ajratib maxsus dasturlar asosida o‘qitishni tashkil etish va ularning sohalar bo‘yicha bilim darajalari hamda qiziqishlari bo‘yicha mutaxassisliklarga ajratishni yo‘lga qo‘yish;
    • “Statistika” va “Turizm” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning bakalavriat bosqichidagi o‘qish muddatini 3 yildan kam bo‘lmagan tarzda amalga oshirish amaliyotini joriy etish hamda uning tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish;
    • talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish va ishga joylashishiga har tomonlama ko‘maklashish, potensial ish beruvchilar ro‘yxatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan “Endaument” fondini tashkil etish;
    • ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom”, “spin-off” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;
    • o‘quv jarayoniga koucher usulini (maslahat va trening usuli) kiritish va koucherlarni jalb qilish orqali talabalarga ma’lum bir kasbiy maqsadga erishishga yordam berish tizimini joriy etish;
    • tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini himoya qilish jarayonlarini jadallashtirish hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan elektron platformani yaratish, unda ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy ishlanmalar, ixtiro va kashfiyotlar hamda tadqiqotning boshqa natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
    Universitet faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

    Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik litseyini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirish uchun test natijalarida olgan umumiy ballning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berish tartibini joriy etilishi mumkin.

    Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida alohida bo‘linma sifatida “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv va ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

    Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

    • Elektron universitet konsepsiyasi doirasida o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot sohalari faoliyatini raqamlashtirish, hujjatlar ayirboshlanishini avtomatlashtirish;
    • universitet bitiruvchilarining milliy va xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida ularga ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot diplomi bilan bir qatorda xalqaro miqyosda tan olingan (ACCA, CIMA, CFA va boshq.) diplom va sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish;
    • Ommaviy ochiq onlayn-kurslarni yaratish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar o‘quv rejalarida belgilangan zamonaviy fanlarning video va audio ma’ruzalarini tayyorlash, ularni global internet tarmog‘iga joylashtirish.
    Belgilab qo‘yilishicha, davlat budjeti mablag‘lari, shartnoma asosida ta’lim va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan grantlar, ilmiy-innovatsion biznesni rivojlantirish uchun uchinchi shaxslar tomonidan ajratilgan maqsadli moliyaviy, homiylik, xayriya mablag‘lari, korxona va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabrida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev ishdan olingan edi. Keyinroq ushbu ta’lim muassasasida 2019-yil 25-noyabrdan boshlab besh kunlik ta’lim tizimiga o‘tish belgilangandi.

    22.02.2020, 12:58   Izoh (0)   27917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda qariyb 93 million so‘m aliment pulini to‘lamagan ota 15 sutkaga qamaldi

    22.02.2020, 12:37

    Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    22.02.2020, 12:16

    O‘zbekistonliklar YouTube’da kuniga o‘rtacha qancha video ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

    22.02.2020, 11:55

    Toshkentda tadbirkor 81 ta daraxtni kesib tashladi

    22.02.2020, 10:53

    O‘zbekiston xavfsiz turizm bo‘yicha Insurly reytingida MDH davlatlari orasida 1-o‘rinda qayd etildi

    22.02.2020, 10:12

    Termizda uch egizak dunyoga keldi. Ularga qanday ism qo‘yildi?

    22.02.2020, 09:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.