• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘g‘rilikka tenglashtirilgan, transfer oynasi yopilgan vaqtda amalga oshirilgan “Barselona” xaridi — Martin Breytueyt voqeasi haqida

    Yevropada qishki transferlar oynasi yopilib bo‘lgan. Biroq “Barselona” jarohat olgan Usmon Dembelening o‘rniga “Leganes” hujumchisi Martin Breytueytni sotib olganini e’lon qildi. Ushbu transfer qanday ro‘y berganini tushuntirishga harakat qilamiz.

    Foto: “Barselona” matbuot xizmati

    Foto: “Barselona” matbuot xizmati

    * Breytueyt — La Ligada qolish uchun kurashayotgan “Leganes” (19-o‘rinda) safida joriy mavsum 24 ta turning barchasida qatnashdi. U 6 ta gol bilan klubning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgandi.

    * “Barselona” daniyalik hujumchi uchun “Leganes”ga 18 million yevro to‘laydi

    Breytueytning klub bilan tuzgan shartnomasida aynan shu mablag‘ tovon puli sifatida ko‘rsatilgan. “Leganes” Kataloniya klubidan Martin bo‘yicha taklif kelib tushgan vaqtda avvaliga muzokaralarga kirishishdan bosh tortdi. Klub prezidenti Felipe Moreno quyidagicha bayonot berdi: “Tovon pulini to‘lang yoki Breytueyt biz bilan qoladi”.

    * Transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, “Barselona” qanday qilib xaridni amalga oshirdi?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Usmon Dembele safga qaytganiga ko‘p bo‘lmasidan yana jarohat oldi. Shifokorlar esa tekshiruvlardan so‘ng u kamida 5 oy maydonda bo‘lmasligini tasdiqladi. Dembele uchun mavsum yakunlandi. “Barselona” esa La Liganing maxsus komissiyasiga Dembelening jarohati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. La Liga qoidalariga ko‘ra, klub jarohatlangan futbolchining o‘rniga faqat Ispaniya chempionatida to‘p tepadigan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lardi. U yevroarenada o‘ynay olmaydi va faqat ichki birinchilikda harakat qiladi. La Liga “Barselona”ga ruxsat berdi.

    * La Liga “Leganes”ga Breytueytning o‘rniga futbolchi olib kelishga ruxsat bermadi

    La Ligada 4-mavsumini o‘tkazayotgan “Leganes” Martinning o‘rniga yangi futbolchi olib kelish uchun liga rahbariyatiga xat yo‘llab, rad javobini oldi. Jamoaning asosiy hujumchisini transfer oynasi yopilgan vaqtda sotib olishdi, uning o‘ziga esa bunga ruxsat berilmadi.

    Qayd etish joiz, yanvarda klub yana bir futbolchisi — Yussuf an-Nosiridan ayrilgan edi. “Sevilya” an-Nosirining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘ladi va uni olib ketdi.

    “Leganes” deyarli hujumchisiz qoldi.

    * Futbolchisining ketishini e’lon qilgan “Leganes” La Liganing transferlarga ta’siri haqida bong urdi

    “Bu savolni o‘rtaga tashlashni xohlaymiz. O‘zimizga jiddiy va katta zarar beradigan holatga tushib qoldik. Bu qanday qoida bo‘ldi?! Uzoq muddatga futbolchisidan ayrilgan klub bir tomonlama o‘z muammosini hal qilishi mumkin ekan-da! Uning muammosi esa boshqa klub bo‘ynida shundaymi? Mazkur qoidani klublar o‘zaro kelishgan holatda amal qilganda tushunardik, biroq axir bu klublarning tengligi qoidalariga zid-ku. Ushbu holatni, ta’riflab bo‘lmas darajada katta zararlarni kamaytirish uchun oxirigacha borishga tayyormiz. Reglamentdagi mazkur qoidani adolatsiz hisoblaymiz. Foyda ko‘rgan “Barselona”, jabrlangan esa “Leganes” bo‘ldi”, — deya bayonot berdi Martin Ortega.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    * Marca nashri muharriri Roberto Palomar “Barselona”ni ayovsiz tanqid qilib chiqdi
    “Albatta, ma’lum qoidalar bor. Ammo klublar ushbu qoida bo‘yicha qanday harakat qilishni o‘zlari hal etadi. “Barselona” esa etika qoidalarini ochiq-oydin ravishda buzdi. Katalonlarning bu ishi ulkan o‘g‘irliklar davrini yodga solmoqda. Gap qoidalarga amal qilishda emas, balki prinsipsiz klubga aylanish haqida ketmoqda. Ushbu holatdan so‘ng futbol jamoatchiligi “Barselona”ni avvalgidek qabul qiladi deb o‘ylamayman. Bu sport nuqtayi nazari bilan qaralganda shubhali transfer, moliyaviy tomondan esa ahmoqona”, — deya yozadi Roberto.
    * Breytueytning “Barselona”ga o‘tishi “Leganes”ning La Ligada qolish-qolmasligida muhim rol o‘ynaydi

    Boisi “Leganes”da atigi bir nafar sof hujumchi qoldi — Gido Karrilo. Gido maydonga juda kam tushadi va sermahsul emas. Jamoada boshqa variantlar ham bo‘lishi mumkin, biroq qolgan hujumkor futbolchilar bitta ham gol urgani yo‘q. Buni quyidagicha tushuntirishga harakat qilamiz: Breytueyt va an-Nosirini hisobga olmasa, “Leganes”ning atigi 4 nafar futbolchisi La Ligada gol urgan. Gollardan 5 tasi yarim himoyachi Oskar Rodrigesga tegishli.

    * Martin Breytueyt ishini Ali Dursun hal qildi. U kim?

    U Frenki de Yongni “Barselona”ga olib kelgan agentlikda faoliyat olib boradi. Ta’kidlash joiz, de Yong bilan birga o‘tgan yozda Dursunning o‘g‘li Mayk van Beynen ham Kataloniya klubiga o‘tgandi. Biroq u “Barselona”ning ikkinchi jamoasida bitta ham o‘yin o‘tkazmasdan, qishki transferlar vaqtida “Genchlerbirligi” klubiga “badarg‘a” bo‘ldi.

    * “Barselona”ning rejasi

    Luis Suaresning jarohatidan hech qancha o‘tmay, “Barselona” klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan hujumchi Abel Ruisni “Braga”ga ijaraga berib yubordi. “Braga” mavsum so‘ngida Ruisni 8 million yevroga to‘liq sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi (“Leganes” Martin Breytueytni “Midlsboro”dan 5 million yevroga xarid qilgan). Birozdan keyin Kataloniya klubi hujum chizig‘ining ikkala qanotida ham o‘ynashga qodir bo‘lgan Karles Peresni “Roma”ga ijaraga berdi-qo‘ydi. Mantiqni qarang: 31-yanvarda hujumchisini qo‘yib yuborish va oradan bir necha kun o‘tib transferga ruxsat so‘rash.

    * Breytueyt — yozdayoq “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolishi mumkin

    Tez orada Luis Suares safga qaytadi, yozda esa Usmon Dembele ham jarohatdan tuzaladi. “Barselona” Dursun bilan muzokaralarda Martinning transferi favqulodda holat ekanligini tushuntirgan. Agar futbolchi kataloniyaliklarni o‘z o‘yini bilan xursand qila olmasa, u sotib yuboriladi. Ammo “Barselona” futbolchiga sarflangan 18 million yevroni ortga qaytara olmasligini ham tushunib turibdi.

    Biroq Kataloniya klubi Breytueytga xaridor chiqishiga ishonmoqda. Bu gap qayerdan chiqdi dersiz? Dursunga ko‘ra, qishki transferlar vaqtida “Leganes”ga Breytueyt bo‘yicha APLning bir necha klubi taklif bilan chiqqan. Lekin “Leganes” hujumchisini sotishni istamagan.

    Kataloniyaning Diario Sport nashrida 89 foiz muxlis Breytueyt transferini o‘ylanmay amalga oshirilgan xarid sifatida baholadi. Shu bilan birga redaksiyaning o‘zi e’lon qilgan maqolasida Martinni “daniyalik Ronaldo” sifatida e’tirof etdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    * “Midlsboro” esa xursand

    Breytueytning transferidan faqatgina futbolchining avvalgi klubi “Midlsboro” xursand bo‘lmoqda. Ingliz qayta sotuvdan 4,5 million yevroga ega bo‘lmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019-yil yozida “Boro” futbolchi uchun “Leganes”dan 5 million yevroni qurtdek sanab olgandi.

    Rus tilidan Asror Abdunazarov tarjimasi

    20.02.2020, 18:24   Izoh (0)   31492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik erkin kurashchi doping sabab Tokio—2020 Olimpiadasi yo‘llanmasidan mahrum etildi

    20.02.2020, 16:38

    “Barselona” Martin Breytueyt transferini e’lon qildi

    20.02.2020, 15:53

    O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 85-o‘rindan joy oldi

    20.02.2020, 15:36

    YChL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

    20.02.2020, 12:28

    “Tottenhem” — “Leypsig”, “Atalanta” — “Valensiya” uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchilari aniqlandi

    20.02.2020, 08:25

    YChL. “Tottenhem” “Leypsig”ga yutqazib qo‘ydi, “Atalanta” esa “Valensiya”ga imkon qoldirmadi (video)

    20.02.2020, 03:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    O‘zbekistonda avtomobil sotuvi rekord darajada ko‘paydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:55

    O‘zbekiston—Hindiston savdo aylanmasi hajmi yetti oyda 60 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:51

    O‘zbekiston boks terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida medallar jamg‘arish bo‘yicha tengsiz bo‘ldi

    Sport | 12 avgust, 17:50

    Jeff Bezos kriptovalyuta evaziga sayyohlarni kosmosga uchiradi

    Dunyo | 12 avgust, 17:45

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35

    Yadroviy portlash yer yuzida qanday oqibatlarga olib keladi?

    Dunyo | 12 avgust, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.