O‘zbekiston Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatilgan edi.
“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, ushbu lavozimda ishlab kelgan Elmira Bositxonova yangi lavozimga tayinlandi. U mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Avvalroq Prezidentning farmoni bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga Rahmat Mamatov rahbar etib tayinlangani, ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov uning o‘rinbosari bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)