• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uxandan O‘zbekistonga olib kelingan 84 kishi karantindan chiqdi — ularda ham koronavirus alomatlari aniqlanmadi

    Xitoydagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 4—6 fevral kunlari tashkil etilgan uchta charter reyslaridan bittasi bevosita koronavirus infeksiyasi o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahridan tashkil etilgan edi. Parvoz davomida yo‘lovchilar orasida tana harorati ko‘tarilgan va sog‘lig‘ida o‘zgarishlar bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan edi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Uxan shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan mazkur reysda 84 nafar fuqaro, jumladan, besh nafar Qozog‘iston fuqarosi kelgan edi. Shundan 61 nafari erkak, 20 nafari xotin-qizlar va 3 nafari voyaga yetmagan bolalar edi. Yo‘lovchilar maxsus avtobuslarda koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Toshkent shahridagi 6-son klinik shifoxonasiga olib borib, joylashtirilgan edi.

    “Bugun, 19-fevral kuni ushbu davolash muassasasida joylashtirilgan 84 nafar fuqaro karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan uyiga kuzatildi”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    “Ochig‘i, Xitoyning Uxan shahri koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i bo‘lgani bois judayam xavotirga tushgan edik. Shunday qaltis vaziyatda davlatimiz tomonidan o‘z fuqarolariga ko‘mak bergani bizni judayam g‘ururlantirdi”, — deydi toshkentlik Doniyor Ubaydullayev.

    “Biz joylashgan shifoxonada tibbiy tekshiruv, yashash va bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan ekan. Ayniqsa, tibbiyot xodimlarining 14 kun davomida fidoyilik bilan, kecha-yu kunduz faoliyat yuritishgani bizni hayratga soldi. Vatanparvarlik va o‘z kasbiga sodiqlik borasida jonkuyar shifokorlar haqiqiy namuna bo‘la olishdi. Beminnat ko‘magi uchun ularga katta rahmat”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Vazirlikning qayd etishicha, shifoxonada 110 ta o‘rin tayyorlangan bo‘lib, tibbiy kuzatuv olib borish uchun tegishli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta’minlangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Uxandan olib kelingan fuqarolarimiz 14 kun davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat’iy karantin holatida saqlandi.

    Karantin davrining boshi va oxirida 84 nafar fuqaro ikki marta koronavirus infeksiyasi bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. “Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini aniqlab berdi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

    “Uxanda oilaviy yashardik. Turmush o‘rtog‘im universitetda dars beradi. Koronavirus infeksiyasini eshitganimizda avvaliga shokka tushib qoldik. Ikki farzandimiz bilan uydan chiqmaslikka harakat qildik”, – deydi farg‘onalik Madina Xudoyqulova.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    “Keyin evakuatsiya qilishlarini aytishganda rosa quvonganmiz. Chunki hamma davlatlar ham Xitoydan o‘z fuqarolarini olib chiqib keta olishmadi. Uxan shahridagi evakuatsiya jarayonida birinchi bo‘lib yurtimiz shifokorlari bizni qarshi olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgach ancha xotirjam bo‘ldik. Karantin davrida ham shifokorlarimiz bizga juda yaxshi qarashdi. Endilikda ko‘tarinki kayfiyat bilan ota-onamiz, yaqinlarimiz bag‘riga shoshyapmiz”, — dedi u.

    Mavzuga doir: “Bo‘ston” sanatoriysida koronavirus karantini yakunlandi. Xitoydan kelgan fuqarolar uylariga kuzatildi

    Avvalroq 18-fevral kuni Xitoydan qaytarilib, Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriysiga joylashtirilgan 294 nafar fuqaroga koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 kunlik karantindan so‘ng uyiga javob berilgani xabar qilingan edi.

    Ma’lumot uchun, turli maqsadlar bilan Xitoyda safarda bo‘lgan jami 584 nafar fuqaro 2020-yilning 4—6-fevral kunlari uchta charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan edi. Ularning 459 nafari erkak va 125 nafari xotin-qizlardir.

    19.02.2020, 12:23   Izoh (0)   36579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada tez yordamning ayol shifokorini aldab, uyiga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    19.02.2020, 12:07

    Toshkentda xalqaro terroristik tashkilotlar tarafdori va a’zolari qo‘lga olindi

    19.02.2020, 11:51

    Rivojlanayotgan davlatlar universitetlari reytingi e’lon qilindi. O‘zbekistondan birorta ham universitet yo‘q

    19.02.2020, 11:09

    Samarqandda tramvay yana yo‘lidan chiqib ketdi (video) 

    19.02.2020, 10:56

    Toshkentdan Andijonga yo‘l olgan poyezd texnik sabab tufayli to‘xtab qoldi

    19.02.2020, 10:42

    Surxondaryoda Lacetti dvigatelidagi qisqa tutashuv avtomobilning yonib ketishiga sabab bo‘ldi (video)

    19.02.2020, 10:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00

    Qahva antibiotiklar ta’sirini kamaytirib, zararli bakteriyalarga yordam beradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 5 avgust, 20:50

    IBA prezidenti Umar Kremlyov o‘zbekistonlik murabbiy bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi

    Sport | 5 avgust, 20:43

    O‘zbekistonda jazirama rekordi: iyulda qaysi hudud havosi 48 daraja isidi?

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.