• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ko‘rshapalak sho‘rva, koronavirusning 25 ming qurboni, otib tashlanayotgan kasallar. Koronavirus haqida yana qanday feyk xabarlar tarqatildi?

    Noma’lum va endilikda ma’lum koronavirus tarqalishi bilan unga aloqador xabarlar va yangiliklar OAVni portlatdi. Faqat O‘zbekistonda emas, butun dunyoda kasallik va uning oqibatlari haqida eshitmagan, undan hayiqmagan odam bo‘lmasa kerak.

    Kasallik tarqalishi bilan unga bog‘liq turli noto‘g‘ri xabarlar ham urchib ketdi. Yangiliklar turlicha – kasallanganlar haqida, kasalning yuqish usullari haqida, kasalni davolash yo‘llari xususida. E’tiboringizga koronavirus keltirib chiqargan yolg‘onlarning bir nechtasini taqdim qilamiz.

    Avstraliyada koronavirus bilan zaharlangan Sidneydagi ovqatlar va lokatsiyalar ro‘yxati Facebook’dagi yuzlab postlarda suzib yurdi. Dushanba kuni chop etilgan bir xabarda virus izlari bo‘lgan guruch, pechenye va piyozning har xil turlari haqida ma’lumot tarqaldi.

    Ammo mahalliy sog‘liqni saqlash idoralarining ta’kidlashicha, bu joylar tashrif buyuruvchilar uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi va nomlangan ovqatlar haqidagi infolar Yangi Janubiy Uels oziq-ovqat ma’muriyatining eslatmalari va maslahatlari ro‘yxatida yo‘q.

    Foto: BuzzFeed

    Foto: BuzzFeed

    Facebook’da go‘yoki virus tarqalishi boshlangan deb taxmin qilinayotgan Uxan bozori namoyish qilingan video 88 mingdan ko‘proq marta ko‘rildi. Biroq bu lavhalar aslida Indoneziya bozorida suratga olingan. Ushbu maqola yakshanba kuni Filippin hududiga tegishli akkauntdan e’lon qilingan, unda kalamushlar, ilonlar va boshqa hayvon turlari go‘sht mahsulotlari gavjum bozorda sotilayotgani ko‘rsatilgan. AFP videodagi voqea 2019-yilda Indoneziyadagi bozorda bo‘lganini tasdiqladi.

    Shri-Lanka shifokorlari Facebook’dagi postilarida 11 million aholisi bo‘lgan Uxan shahrining butun aholisi koronavirusdan o‘lishi mumkinligi xabar tarqatgan. Biroq na xitoyliklar va na boshqa ekspertlar bunday prognoz qilishmagan.

    Shuningdek, internetda Uxan kasalxonasi qurilishi16 soat ichida yakunlandi mazmunidagi xabarlar va ularga ilova qiligan fotosuratlar tarqalgan. Ammo suratlar 2019-yil yanvar oyida internetda tarqatilgan kasalxonalardan birining surati bo‘lib chiqdi. Bizga ma’lum Uxan kasalxonasi qurib bitkazilishi esa 10 kun vaqt talab qilgan.

    Mavzuga doir:

    • Video: Xitoyning koronavirus o‘chog‘iga aylangan Uxan shahrida 10 kunda ming kishilik kasalxona qurib bitkazildi
    Ijtimoiy tarmoqlarda nafas olish kasalliklari bo‘yicha yetakchi xitoylik mutaxassislardan biri burunni sho‘r suv bilan yuvib tashlashni maslahat bergan – bu koronavirus infeksiyasi yuqishining oldini oladi degan xabarlar tarqalgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, tuzli suv eritmasi 2019-nCoV virusini o‘ldira olmaydi va hattoki undan himoya qila olmaydi. Shuningdek, og‘izni chayish ham virusdan himoya qilmaydi. Og‘izni yuvish uchun mo‘ljallangan ba’zi eritmalar bir necha daqiqa davomida tupuk tarkibidagi mikroblarni yo‘q qilishi mumkin, ammo ular koronavirus kirib kelishiga to‘sqinlik qilmaydi.

    Sarimsoq virusga qarshi chiqa olishi haqidagi xabarlar ham ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalmoqda. Sarimsoq ba’zi mikroblarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin, ammo JSST ma’lumotlariga ko‘ra, sarimsoq iste’moli kishini koronavirusdan himoya qilolmaydi.

    Foto: Kalinga TV

    Foto: Kalinga TV

    Shu kabi noto‘g‘ri va ko‘p hollarda vahima uyg‘otuvchi xabarlarning tez-tez tarqalishi ortidan yanvar oyi oxirida Facebook rahbariyati 2019-nCoV virusi haqidagi yolg‘on ma’lumot xarakteriga ega bo‘lgan barcha xabarlarni o‘chirib tashlashini e’lon qildi. Facebook sog‘liqni saqlash menejeri Kan Sin Jon bayonotda, xususan, tarmoqda o‘z-o‘zini davolash va himoya choralari haqida ko‘plab haqiqatga yaqin bo‘lmagan xabarlar tarqalayotgani va bu mavjud sog‘liqni saqlash manbalariga nisbatan chalkashliklarni keltirib chiqarayotganini qo‘shimcha qildi.

    Shuningdek, yanvar oyidan keyin Twitter koronavirus bilan bog‘liq 15 milliondan ortiq tvitlarni olib tashladi.

    “Koronavirus Xitoy bananlaridan tarqalmoqda” mazmunidagi xabarlar nafaqat O‘zbekistonda, balki Xitoydan banan deyarli olib borilmaydigan Uzoq Sharqda ham shiddat bilan tarqalmoqda. “Koronavirus odatda jonsiz muhitda bir kundan ortiq yasholmaydi. Bananlarni yetkazib berish jarayonlari esa bir necha haftalar davomida amalga oshiriladi. Shuning uchun virusni banan orqali tashishning imkoni yo‘q”, — deya holatga izoh beradi Sechenov universitetining tibbiy parazitologiya, tropik va vektorli kasalliklar instituti direktori Aleksandr. Lukashev. Ma’lum bo‘lishicha, banan va virus bilan bog‘liq xabarlarda hattoki virus nomi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.

    “Saxalinda koronavirus bilan kasallangan odam paydo bo‘ldi, ammo bu haqda hali ma’lumot yo‘q. Mening o‘rtog‘im Xolmskda kasalxona laboratoriyasida ishlaydi. Bemor Xitoydan kelgan va bir kun o‘tgach unda yuqori isitma kuzatilgan, u bir haftadan beri Janubiy Saxalinskda yotibdi. Unda shubhasiz virusi bor. Bugun do‘stim qo‘ng‘iroq qilib, ommaviy joylarda to‘planmasligim kerakligini aytdi, chunki xitoyliklar Saxalinga o‘zlari bilan infeksiyani olib kelishgan”. Xuddi shu shakldagi xabar Norilsk, Ulyanovsk, Yakutskda joy nomlari o‘zgartirilgan holda tarqaldi – qalbaki xabar virusdan ko‘ra tezroq ommalashdi.

    Kasallikdan foydalanib qolgan holda daromad qilish harakatidagi kishilar ko‘payib qoldi. Yekaterinburg dorixonalaridan birida koronavirusga qarshi dori-darmonlar reklamasi e’lon qilindi. “Mavjud dori-darmonlar, immunomodulyator deb ataladigan dorilarning hech biri o‘z samaradorligini isbotlamagan va ularning foydasi yo‘q”, deb izoh beradi Sankt-Peterburgning bosh klinik farmakologi Aleksandr Xajidis holatga.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Ushbu yangilikning tarqalishi foydalanuvchilarni ma’lum bir saytga, YouTube yoki Telegram kanaliga olib boradi. Bu shunchaki reklama bo‘lib, sahifaga ko‘proq odam oqib kelishiga xizmat qiladi”, deydi Sankt-Peterburg davlat universitetining ommaviy kommunikatsiyalarni boshqarish kafedrasi professori Svetlana Bodrunova.

    Xitoyning o‘zida bunday yo‘l tutayotganlar noto‘g‘ri ma’lumot uchun hibsga olinmoqda, Malayziyada esa soxta mualliflar ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Ammo internet tarmog‘ida aybdorlarni topish oson emas.

    Tailandda ikki kishi koronavirus epidemiyasi haqida soxta yangiliklar tarqatganlikda ayblanib hibsga olingan, yana to‘rt kishi bilan tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazilgan, deb xabar beradi payshanba kuni Tailand raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyat vazirligiga tayanib Nation gazetasi. “Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda va internetda soxta yangiliklar paydo bo‘lishini diqqat bilan kuzatmoqda, ayniqsa yangi koronavirus epidemiyasi tarqalishi haqidagi soxta yangiliklarni. Vazirlik soxta yangiliklar bilan kurashishni o‘zining texnologik jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha politsiya bo‘limi bilan yaqindan ish olib boradigan soxta yangiliklar markazi orqali ish olib bormoqda”, deydi vazirlik rahbari Fitifong Punnakan. Ma’lumot berilishicha, Tailandda shunday mazmundagi yolg‘on ma’lumot tarqatgan 15 manba aniqlangan.

    O‘zbekiston haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, virus Xitoy tovarlari, jumladan, kiyim-kechaklar bilan savdo qiluvchilar ishiga katta zarba berdi. Odamlar orasida kiyimlar ham virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi haqida noto‘g‘ri xabarlar tarqaldi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan yuborilgan posilkadan infeksiya yuqtirish xavfi deyarli yo‘q. Gap shundaki, virus yetkazib berish davrida paketda yashay olmaydi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Xitoyda kasallik yuqtirganlar otib tashlanmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Biroq bu xabar ham o‘z tasdig‘ini topmadi.

    Ba’zilar orasida bularning barchasi “itoatsiz mamlakatlarni jazolaydigan” amerikaliklarning ishi degan fikr paydo bo‘ldi.

    Infeksiyadan qochish uchun har kun kamida 250 gramm aroq, viski yoki brendi ichish maqsadga muvofiqligi haqidagi “feyk”lar esa kulgini qistatishi tabiiy. Koronavirusga qarshi kurashda alkogolning foydalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

    Shuningdek, Xitoyda xato tufayli koronavirusdan vafot etganlarning dahshatli statistikasi tarqaldi. E’lon qilingan statistik ma’lumotlar amaldagisidan 80 baravar yuqori ekanligini ko‘rish mumkin.

    Foto: KazanFirst

    Foto: KazanFirst

    Xabarda Xitoyning ikkinchi eng yirik kompaniyasi Tensent asl ma’lumotni aniqlagan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Tarqatilgan ma’lumotlarda kasallikni 154 ming kishi yuqtirgani va 24,5 ming kishi undan vafot etgani ko’rsatilgan. 1-fevral kuni taqdim etilgan bu sonlar 2-fevralga kelib rad etildi.

    Xitoy hukumati bugungi kungacha bir necha marotaba kasallik statistikasini taqdim qilishda ayblandi. O’zbekistonning ayrim saytlari ham ushbu noto’g’ri ma’lumotni uzatishga ulgurdi.

    Darvoqe, O‘zbekistonda ham virusga aloqador tasdiqlanmagan va yolg‘on xabarlar tez tez bolalab turibdi. Xususan, Jizzax, Buxoro va Andijon viloyatlarida, qo‘shni Qozog‘iston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallangan bemorlar haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.

    Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan “Xorazmda koronavirusga chalingan odam izolyatsiya qilindi” sarlavhali maqola ham shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu hodisa o‘quv mashg‘ulotlariga nisbatan aytilganiga ko‘pchilik e’tibor ham bermadi. Birgina sarlavha jiddiy vahimani keltirib chiqardi.

    Koronavirus pandemiyasi konspirologlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Xitoyliklar “gunohlari” uchun “jazolangani”, yosh bolalarni tiriklay yegani va boshqa dahshatli ishlari tufayli kasallik kelib chiqqani haqida feyklar va yolg‘on-yashiq xabarlar tarqaldi. Ayni paytda koronavirus xitoyliklar maymun, it, qurbaqa yegani uchun, hatto allaqanday ko‘rshapalak sho‘rva tufayli kelib chiqqani bot-bot yozildi.

    Eslatib o‘tamiz, koronaviruslar ko‘p hollarda ko‘rshapalaklar manba bo‘lganini fan tasdiqlaydi, lekin virus ko‘rshapalakdan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Koronaviruslarning manbai ko‘pincha ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Nega?
    “Sariq” sahifalar va kanallarda urchigan, internet foydalanuvchilari orasida keng tarqalib ketgan bu kabi feyklarga qarshi o‘zbek blogerlari ham o‘z fikrini aytdi, odamlarni faktlarni yaxshiroq tekshirishga, har narsaga ishonib ketavermaslikka chaqirdi. Xususan, Xitoyda go‘yoki Qur’on kitoblari kanalizatsiyaga tashlangani haqidagi feyk “Mikrofon ko‘targan ayol” kanalida fosh etildi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Virusga qarshi davo choralari izlanayotgan bir paytda undan yaxshigina daromad manbasi sifatida foydalanish istagida bo‘lganlar ham oz emas. Yuqorida ta’kidlanganidek, virus haqidagi arzimas ikki og‘iz so‘z yoki noto‘g‘ri va o‘z tasdig‘ini topmagan ma’lumotlar Telegram, YouTube kanallariga yaxshigina kuzatuvchi yig‘ib bermoqda. Bunday holatlarda har bir kishiga mustaqil ravishda faktcheking yordamga keladi. Mutaxassislar ham virus haqidagi yolg‘on ma’lumotlardan himoya vositasi sifatida aqlni tavsiya qilishmoqda.

    15.02.2020, 18:58   Izoh (0)   264839
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda uyi buzilishidan norozi aholi va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

    15.02.2020, 18:33

    Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

    15.02.2020, 17:58

    Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi

    15.02.2020, 16:20

    O‘zbekiston TIV o‘rinbosari: “25 yillik katta muz eritildi”

    15.02.2020, 14:21

    Surxondaryoda 8 yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

    15.02.2020, 13:20

    Qo‘qondagi choyxonada sodir bo‘lgan otishmadan keyin 30 kishiga nisbatan qamoqqa olish chorasi ko‘rildi

    15.02.2020, 11:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada 130 ga yaqin shahar yo‘qolib ketishi mumkin

    Dunyo | 5 avgust, 20:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:15

    AQSH 250 nafar noqonuniy muhojirni Ruandaga deportatsiya qiladi

    Dunyo | 5 avgust, 19:55

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirishga kelishib oldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:44

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.