Yaponiyada karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasidagi koronavirusni yuqtirgan yo‘lovchilar soni 44 nafarga ko‘payib, 218 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Mamlakat hukumati karantin muddati tugagunga qadar kemadan keksa yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish haqida qaror qabul qildi.
Qayd etilishicha, koronavirusni yuqtirganlarning 43 nafari yo‘lovchilar, bir nafari esa ekipaj a’zosi. Umumiy hisobda kemada bo‘lgan 218 kishida koronavirus aniqlangan.
Kemada joriy etilgan karantin 19-fevral kuni yakunlanadi.
Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral, dushanba kuni, qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.
11-fevral kuni sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilishni boshlagan edi.
Avvalroq kemadagi koronavirusni yuqtirganlar soni 174 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)