Hindistonning Chhattisgarh shtatidagi Dantevada tumanida yashovchi qiz terini toshdek qotirib qo‘yadigan noyob kasallikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
7 yashar Rajeshvari tuzatib bo‘lmas epidermolitik ixtiozga chalingan. Uning qo‘l-oyoqlari va orqa tomonining katta qismi baliq tangachalarini eslatuvchi qavariqlar bilan qoplangan.
Ular tufayli qiz yurish va o‘tirishga qiynaladi. Dantevadada yaxshi kasalxonalar bo‘lmagani uchun Rajeshvari tekshiruvdan o‘tish uchun shaharga qatnaydi.
Ixtioz hayot uchun xavfli emas, biroq bunga chalingan bemorlar kasallikka bir umr chidashga majbur. Ter chiqarish jarayoni sustligi sababli ularni ko‘p oftob uradi, teridagi yoriqlar esa infeksiyalar oldida ojiz qoladi. Shuningdek, ularda ko‘pincha eshitish va ko‘rish qobiliyati past bo‘ladi.
Izoh (0)