Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi ko‘chalardan biri transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilishini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Said Baraka ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha bo‘lgan qismida “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan 350 metr uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Issiqlik tarmog‘ini yangilash ishlari tezkorlik bilan bajarilishi uchun ko‘chaning ushbu qismi 17-fevralgacha avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi.
Ushbu ishlar jarayonida iste’molchilar issiqlik ta’minotidan uzilmaydi.
“Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)