Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyda yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar soni 24,3 mingga yetdi. Kasallik oqibatida vafot etganlar esa 490 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 4-fevral kuni shifokorlar kasallikka chalingan yana 3 887 kishini aniqlagan bo‘lib, ularning aksariyati Xuber provinsiyasidan. Bundan tashqari, o‘tgan bir kun ichida mintaqada 65 kishi vafot etgan.

Jami 3 219 kishi og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda, 862 nafar bemor esa to‘liq davolanib, shifoxonadan ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda 17 238 nafar kishida koronavirus aniqlanib, umumiy hisobda 361 kishi vafot etgan. Bu atipik pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, Xitoyda 2002—2003-yillarda tarqalgan atipik pnevmoniya 349 kishini hayotiga nuqta qo‘ygan.

Avvalroq 4-fevral kuni Xitoydan 250 nafar o‘zbekistonlik olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi