DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi valyuta qimmatliklarining noqonuniy tarzda qo‘shni davlatga olib chiqilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga DXXdagi manbalari xabar berdi.
Jumladan, 1989-yil Andijon viloyati Qorasuv shahrida tug‘ilgan Sh.B. tomonidan davlat chegaralarini buzgan holda 200 ming dollar hamda 4,1 million Rossiya rublini Qirg‘izistonga olib chiqilishining oldi olingan.
Shuningdek, DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Kosonsoy tumanining chegaraoldi hudud hisoblangan “Xonqo‘rg‘on” mahallasida 1996-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro A.E.ning 119 ming 960 dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqishiga chek qo‘yilgan.
To‘xtatib qolingan xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 3,6 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etadi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan DXX tergov idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)