• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy koronavirusi. Virus bo‘yicha 4-fevralning asosiy xabarlari

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 4-fevral holati bo‘yicha 20 438ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilib, vafot etganlar soni 425 kishiga yetdi. Komissiya 2788ta holatda bemorlarning ahvoli og‘irligini ma’lum qilgan. Hozirga qadar 480 ga yaqin kishi sog‘aygani aytilmoqda.

    Gonkongda koronavirus oqibatida birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu Xitoy tashqarisida qayd etilgan ikkinchi o‘lim holati. Avvalroq Filippinda 44 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berilgandi.

    Olimlarga ko‘ra, 2020-yilning 25-yanvar holatida koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 75 815 nafarni tashkil etgan. Bu esa rasmiy e’lon qilingan raqamlardan o‘n baravar ko‘p degani.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Suratdagi bu ayol koronavirus o‘chog‘i — Xubey provinsiyasidan kelgan. U politsiyadan saratondan aziyat chekayotgan qizining davolanishi uchun nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tkazib yuborishlarini so‘rab ko‘z yosh to‘kmoqda.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    4-fevral, seshanba kuni, soat 17:05 da Pekindan bortida 250 nafar o‘zbekistonlik bilan uchgan samolyot Toshkentga kelib qo‘ndi. Avvalroq Xitoydan 157 nafar o‘zbekistonlik talaba qaytib kelgani haqida xabar berilgan edi.

    Xitoydan olib kelingan o‘zbekistonliklar koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalariga joylashtirildi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Mazkur muassasalar to‘liq karantin talablari asosida jihozlangan bo‘lib, diagnostika vositalarining zarur zaxiralari, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, shaxsiy himoya vositalari, maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlangan.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

    • 3-fevral, dushanba kuni, Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi kasalxonaga yotqizilgan uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlanmadi. “Ha, O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan tahlil natijalari keldi. Bu koronavirus emas — gripp yoki O‘RVI. Bizda boshqa ma’lumotlar yo‘q”, — degan agentlik suhbatdoshi.
    Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi 3 nafar o‘zbekistonlikning koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarni tasdiqlab, fuqarolarining ahvoli qoniqarliligini hamda ularda koronavirus simptomlari kuzatilmaganini ma’lum qildi.

    Ma’lumot uchun, Novosibirsk—Tyumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlanganidan so‘ng, ushbu reysning barcha yo‘lovchilari kasalxonalarga joylashtirilgan. Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda tahlil natijalari Tyumen va Novosibirsk tibbiyot muassasalariga yuborilgan va analizlar u yerda puxta o‘rganilganidan so‘nggina xulosa beriladi.

    Jahondagi vaziyat

    Brent turidagi neft narxi 13 oy mobaynidagi eng past ko‘rsatkichga tushib, bir barrel narxi Londonning ICE birjasida 3-fevral kuni holatiga ko‘ra, 54,7 AQSh dollarigacha pasaydi. Neft bozorida narxning tushushi koronavirus sabab Xitoyda neftga bo‘lgan talabning 20 foizga kamayishi fonida ro‘y bermoqda.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    Rossiya Liberal-demokratlar partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy jahonda koronavirus tarqab borayotgan sharoitda O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun Rossiya chegaralarini yopish taklifi bilan chidi. Jirinovskiyga ko‘ra, virus tarqashiga Xitoydan ko‘ra O‘rta Osiyo mamlakatlari xavfliroq.

    Ma’lumot uchun, Jirinovskiy o‘zining noodatiy, qolipga sig‘mas fikrlari bilan tanilgan siyosatchi hisoblanadi. Avvalroq u Sibirdagi yong‘inlar o‘rmon qo‘riqchilarining shtati keskin qisqarib ketgani oqibatida yuzaga kelgani haqida gapirgan bo‘lsa, Belarus va Ukraina davlatlarini Rossiya bilan birlashishga ham chorlagan edi. Jirinovskiy hatto Rossiyada prezident lavozimini tugatib, tegishli vakolatlarni davlat kengashiga berishni, uning a’zolarini esa har yili aprelda saylashni taklif qilgan.

    Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus mamlakat bo‘ylab keng tarqalishi mumkinligini e’lon qilib chiqdi. Ma’lum qilinishicha, yangi turdagi koronavirus mamlakat hududi bo‘ylab tarqalishining aniq taxminlari yo‘q, biroq uning keng ko‘lamda tarqalishiga qarshi tayyorgarlik ko‘rish lozim.
    • Butun dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar koronavirus sabab Xitoyga parvozlarni bekor qilayotgan bir paytda Pokiston hukumati 3-fevraldan parvozlarning qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
    • Tailand hukumati koronavirus sabab talab ortib ketgan jarrohlik niqobi, tibbiyot spirti va dezinfeksiyalovchi spirt mahsulotlarining narxini davlat tomonidan nazorat qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi.
    • Makao ma’muriy hududi rahbari Xo Iat Seng bayonot bilan chiqib, hukumat koronavirus tarqalish xavfi sababli hududdagi barcha kazinolar faoliyatini ikki haftaga to‘xtatishga qaror qilganini ma’lum qildi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    4-fevral, seshanba kuni, Xitoyning koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahrida yangi kasalxona bemorlarni qabul qilishni boshladi. 1000 nafar bemorga mo‘ljallangan kasalxona binosi modul konstruksiyalaridan foydalangan holda 10 kunda qurib bitkazilgandi. Uxanda shu texnologiyani qo‘llagan holda ikkinchi kasalxona qurilishi boshlangan.

    https://www.youtube.com/watch?v=qG4o3fOQGDY

    Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin rasmiy Pekin AQSh koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha va’da qilgan yordamni tezroq yuborishini kutayotganligini ma’lum qildi.

    Avvalroq AQSh prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Larri Kadlou Xitoyga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazidan (CDC) eng yaxshi ekspertlar yuborilishini bildirgandi.

    04.02.2020, 20:51   Izoh (0)   170327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lukashenko shakar zavodlari direktorlari Rossiyaga shakarni arzon sotgani uchun hibsga olinganini ma’lum qildi

    04.02.2020, 20:36

    Citigroup yillik daromadi 1 mln dollardan ortiq bo‘lgan xodimini oshxonadan ovqat o‘g‘irlagani uchun ishdan haydadi

    04.02.2020, 20:05

    Uxandagi yangi kasalxona bemorlarni qabul qilishni boshladi. Muassasa 10 kunda qurib bitkazildi (video)

    04.02.2020, 19:37

    Xitoy AQSh koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha va’da qilgan yordamni tezroq yuborishini kutayotganligi ma’lum qilindi

    04.02.2020, 19:09

    Google ilk marta YouTube’dagi reklamadan qancha daromad olishini oshkor qildi

    04.02.2020, 17:43

    Jangarilar Suriyadagi gaz stansiyalarini o‘qqa tutdi

    04.02.2020, 15:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston musulmon fuqarolarini Bangladeshga noqonuniy deportatsiya qilmoqda — The Guardian

    Dunyo | 19 iyun, 15:55

    MLSda eng ko‘p sotilgan liboslar: Messi peshqadam (TOP-24)

    Sport | 19 iyun, 15:50

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 15:28

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54

    Fors ko‘rfazi davlatlari Eron—Isroil yadroviy harakatlari ehtimolidan xavotirda

    Dunyo | 19 iyun, 14:45

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.