• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy koronavirusi: Virus bo‘yicha 3-fevralning eng muhim xabarlari

    Davomi: O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys Uxandan bepul, Pekindan esa pulli amalga oshiriladi

    Xitoyda nima gap?

    3-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda 17238 kishida koronavirus aniqlanib, umumiy hisobda 361 kishi vafot etgan. Bu atipik pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, Xitoyda 2002—2003-yillarda tarqalgan atipik pnevmoniya 349 kishini hayotiga nuqta qo‘ygan.

    Koronavirusdan hozirga qadar 480 ga yaqin kishi sog‘aygani aytilmoqda. Boshqa mamlakatlarda koronavirusni yuqtirganlar soni 150 kishidan ortiqni tashkil qilmoqda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Gonkong universiteti olimlari esa Uxandagi koronavirusni aslida necha kishi yuqtirib olganiga oydinlik kiritdi. Olimlarga ko‘ra, 2020-yilning 25-yanvar holatida koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 75 815 nafarni tashkil etgan. Bu esa rasmiy ravishda e’lon qilingan raqamlardan o‘n baravar ko‘p degani.

    Foto: Radiology

    Foto: Radiology

    Kecha, 2-fevral kuni xitoylik shifokorlar koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan 33 yoshli ayol o‘pkasining suratini e’lon qildi. Birinchi suratda o‘pkadagi xiralashishlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, uch kun o‘tib olingan ikkinchi suratda zararlangan soha kengayganini ko‘rish mumkin.

    Bugun, 3-fevral kuni Xitoy hukumati koronavirusning tarqalishidan zarar ko‘rgan mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlamoqchi ekanligini ma’lum qildi. Buning uchun Xitoy Markaziy banki bozorga 1,3 trillion yuan (173 milliard dollardan ortiq) miqdoridagi likvidlikni chiqardi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Shuningdek, Yangi yil ta’tilidan so‘ng Xitoyda boshlangan birinchi birja savdolari koronavirus tarqalishi sharoitida 8 foizlik qulash bilan ish boshladi. Bundan tashqari, 2019-nCoV koronavirusning tarqalishi Xitoyda neftga bo‘lgan talabning keskin pasayishiga ham olib keldi.

    Uxan shahrida 2020-yil 1-fevraldan boshlab koronavirusdan vafot etgan bemorlarni dafn etish taqiqlandi. Business Insider’ning yozishicha, bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi koronavirusdan vafot etganlar soni 304 kishiga yetganini e’lon qilgan vaqtdan boshlab ma’lum qilgan.

    Jahonda-chi?

    Bir muddat avval, Xitoy koronavirus epidemiyasi sabab 60 milliard dollar yo‘qotishi mumkinligi taxmin qilingandi, shu sabab rasmiy Pekin iqtisodiyotda “darcha” paydo bo‘lib qolmasligi uchun infeksiya tarqalishini bor kuchi bilan to‘xtatishga urinmoqda. Moody’s Analytics kompaniyasi esa koronavirus jahon bozoriga 2008—2009-yillardagi moliyaviy inqirozdan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    Foto: “100dorog.ru”

    Foto: “100dorog.ru”

    Rossiya 3-fevraldan boshlab Xitoy bilan temir yo‘l orqali yo‘lovchilar qatnovini noma’lum muddatga to‘xtatdi. Shuningdek, mamlakat hukumati yangi 2019-nCoV koronavirusini atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi kasalliklar qatoriga kiritdi.

    Rostov-Dondagi xitoylik talabadan koronavirus aniqlanmagani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq messenjerlarda xitoylik talaba tez yordam mashinasida olib ketilgani va shifokorlar unga koronavirus tashxisini qo‘ygani haqida mish-mishlar tarqalgandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Qirg‘iziston Xitoyning Uxan shahridan o‘zining 18 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi. Xabarda aytilishicha, evakuatsiya qilinganlarning barchasi aeroportning o‘zida tekshiruvdan o‘tkazilib, karantin uchun Bishkekdan tashqarida joylashgan maxsus infeksion bo‘linmaga joylashtirilgan.

    AQSh esa oxirgi ikki hafta mobaynida Xitoyga borgan chet elliklarni mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi.

    Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan G7 davlatlari Xitoyda yangi koronavirus avj olishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi.

    O‘zbekistonda-chi?

    Bugun, 3-fevral kuni Rossiya O‘zbekistonga yangi koronavirusning laboratoriya diagnostikasi vositalarini topshirdi. Kimyoviy tahlil uchun asbob-uskunalardan iborat test tizimlari o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik mutaxassislarga 1, 2-fevral kunlari yetkazib berilgan.

    Foto: “NTV”

    Foto: “NTV”

    Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Xitoydan kelgan talabalar sog‘lig‘i haqida ma’lumot berib, ijtimoiy tarmoqlarda “Xitoy virusi munosabati bilan xavfsizlik choralari ko‘rilganmikan?”, “Andijonga Xitoydan kasallik olib kelganlar yo‘qmikan?” mazmunida paydo bo‘lgan ko‘plab savollarga javob berishga urinib ko‘rdi.

    Foto: Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

    Foto: Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

    Sanitar-epidemiologik osoyishtalik agentligi Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinayotganini ma’lum qilib, shu vaqtgacha Davlat chegara postlaridagi sanitariya-karantin punktlar orqali o‘tkazilgan fuqarolarda tana harorati ko‘tarilganlari aniqlanmaganini ta’kidlagan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Biroq, Xitoydan Tyumenga kelgan hamda koronavirus aniqlangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda uchgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi Xanti-Mantiysk avtonom okrugidagi kasalxonaga yotqizilgan. “Ularda koronavirus xavfi yo‘q. Ular koronavirus yuqtirgan bemor bilan gaplashgan. O‘zbekistonliklar boshqalardan izolyatsiya qilingan. Tahlil natijalari kutilmoqda. Ularning ahvoli yaxshi”, — dedi “Rospotrebnadzor” hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Inna Kudryavseva.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamotchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamotchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasining mamlakatga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar qayd etilmaganini, Respublikada ushbu kasallikka tashxis qo‘yish imkoniyati mavjudligini, shuningdek, davolay oladigan malakali mutaxassislar ham yetarligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

    03.02.2020, 20:50   Izoh (0)   173822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirus tarqalishi sharoitida birja savdolari 8 foizlik pastlash bilan boshlandi

    03.02.2020, 19:40

    Koronavirus tufayli Xitoyda neftga bo‘lgan talab 20 foizga kamaydi

    03.02.2020, 19:10

    Xitoyda koronavirusdan 361 kishi vafot etdi. Bu 2000-yillar boshidagi pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq

    03.02.2020, 17:17

    Koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarning haqiqiy soni oshkor qilindi

    03.02.2020, 16:47

    Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi

    03.02.2020, 15:47

    AQSh oxirgi ikki hafta mobaynida Xitoyga borgan chet elliklarni mamlakatga kirishiga taqiq o‘rnatdi

    03.02.2020, 14:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.