Xitoyda o‘tgan sutka davomida koronavirus tufayli 46 kishi vafot etdi. Shu tariqa mamlakatda mazkur kasallik qurbonlari soni 259 kishiga yetdi. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar berdi “RBK”.
Qo‘mitaga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida virus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida 45 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana bir kishi Chunsin shahrida o‘lgan.
Hozirda Xitoyda koronavirus bilan kasallanish holati 11 791 kishida tasdiqlangan. Ulardan 1795 nafari og‘ir holatda bo‘lib turibdi.
Izoh (0)