Bortida 6 ming yo‘lovchisi bo‘lgan Costa Smeralda kruiz layneri ehtimoliy koronavirus tahdidi sababli Rim yaqinidagi Chivitavekkya portida to‘xtatib, yopib qo‘yilgan edi. Shifokorlar ikki xitoylik sayyohda koronavirus kasalligi alomatlarini aniqlamadi, deb xabar berdi “Kommersant”.
Makaolik 54 yoshli sayyoh ayolda o‘tkir respirator kasallik alomatlari kuzatilgani uchun laynerdagi 6 ming sayyohga ham sohilga tushish taqiqlangan edi.
Tekshiruvlar ayol va uning hamrohi yangi turdagi virus bilan kasallanmaganini ko‘rsatdi.
Kemaning boshqa yo‘lovchilari sohilga tushishga ruxsat berilmayotganidan norozi bo‘lib, o‘zlarini izolyatsiya qilingandek his etayotganini aytgan.
Izoh (0)