Niderlandiyaning Royal Philips kompaniyasi o‘zining Philips brendi ostida maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘linmasini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Kompaniyaning saytida xabar qilinishicha, bo‘linma Royal Philips tarkibidan 12—18 oy ichida chiqariladi. Keyin ishlab chiqaruvchi biznesni rivojlantirish maqsadida yangi tuzilma uchun yaxshi joy topishni rejalashtirmoqda. Kompaniya maishiy texnikalarining 2019-yildagi savdosi hajmi 2,3 milliard yevroni tashkil etgan.
Ma’lum qilinishicha. kelgusida Philips sog‘liqni saqlash sohasidagi biznesga e’tibor qaratmoqchi.
Qayd etilishicha, 28-yanvar kuni kompaniya 2019-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha hisobot berganidan keyin Philips aksiyalari 3 foizga tushib ketgan. Kompaniya savdosi uch foizga o‘sib, olti milliard yevroga yetgan bo‘lib, bu tahlilchilar taxmin qilganidan kamroqni tashkil etgan.
Philips 2020-yilda sotuvlar hajmining 4—6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda, ammo yil boshida Xitoyda yangi koronavirusning paydo bo‘lishi sababli o‘sish sekinlashadi. Xitoy hukumatining virusga qarshi harakatlari sababli sakkiz ming nafar ishchining ko‘pchiligi ishga chiqmagan.
Izoh (0)