• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gulnora Karimovaning Britaniyadagi mol-mulklari ro‘yxati e’lon qilindi

    O‘zbekiston Birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Britaniyaning Surrey grafligidagi qasr hamda Londonning nufuzli tumanlaridagi umumiy qiymati 40 million funt sterlingga (52 million dollar) teng ikki kvartiraga egalik qiladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

    Foto: Daily Mail

    Foto: Daily Mail

    Qayd etilishicha, birlashgan qirollik hukumati aynan ushbu obyektlarni o‘z foydasiga musodara qilishga harakat qilmoqda.

    Gulnora Karimovaga tegishli mol-mulklar ro‘yxatini katta miqdordagi firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashish byurosi taqdim etgan.

    Karimova Surreydagi Gorse Hill Manor qasrini 2010-yilda 18 million funt sterling (23,5 million dollar) evaziga sotib olgan. Bugungi kunda ushbu obyekt 30 million funt sterlingga (39 million dollar) baholanmoqda.

    Qasr 1912-yilda qurilgan bo‘lib, uning hududida qayiqda sayr qilishga mo‘ljallangan ko‘l hamda 70 ming metr kvadrat maydonga ega bog‘lar joylashgan.

    Qasrga yondosh hududlarda badavlat insonlarning saroylari joylashgan. Xususan, Gulnora Karimovaga tegishli qasr yaqinida Bruney sultonining uyi bor.

    Britaniya poytaxtida esa Karimovaga tegishli ikkita kvartira mavjud: Meyfer tumanidagi 8 million funt sterlingga (10,4 million dollar) va Belgraviya tumanida 2 million funt sterlingga (2,6 million dollar) baholangan xonadonlar.

    2018-yilning oktabrida Britaniyaning katta miqdordagi firibgarlikka qarshi kurashish byurosi Gulnora Karimovaning korrupsion faoliyatidan topilgan pullar evaziga xarid qilingan uchta obyektni xatlash yuzasidan da’voni ilgari surgan edi. Biroq o‘shanda aynan qaysi obyektlar nazarda tutilganiga oydinlik kiritilmagan.

    2017-yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan ikkinchi jinoyat ishini ochgan edi. O‘shanda Karimova xorijiy mamlakatlardagi aktivlarni legallashtirganlikda ayblandi.

    Jinoyat ishi doirasida Gulnora Karimova Britaniyada 4,2 million funt sterling (5,5 million dollar) miqdoridagi pul mablag‘lari, shuningdek umumiy qiymati 22,9 million funt sterlingga (30 million dollar) teng uy, kvartira va villalarga egalik qilishi oydinlashgan edi.

    Britaniyadagi aktivlar ro‘yxatida, xususan Londondagi Chesham Street, 25-uyda joylashgan to‘rt qavatli turar joy binosining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qavatlaridagi kvartiralar OAVda tilga olingan edi.

    2019-yilda Fransiya hukumati Karimovaning mol-mulkini sotishdan tushgan pulni O‘zbekistonga qaytarishni ma’lum qilgan edi. Gap Parijdagi kvartira, Sen-Trope tumanidagi villa hamda Parij tashqarisidagi qasr haqida ketmoqda.

    Ma’lum bo‘lishicha, Parijdagi kvartira auksionda 14 million yevroga sotilgan. Pulning bir qismi ya’ni 2 million yevro tergov xarajatlariga ishlatiladi. Mablag‘ning qaytarilgani haqida hozirgacha ma’lumot berilmagan.

    Shveysariya prokuraturasi ham mamlakat banklaridagi muzlatilgan Gulnora Karimovaga tegishli pullarni O‘zbekistonga qaytarishga tayyorligini bildirgan. Biroq aktivlar O‘zbekistonga muayyan shartlar asosida qaytariladi: Toshkent pullarning qaytarilish jarayonining shaffof bo‘lishini, pullar aholi farovonligi hamda mamlakat rivojlanishi uchun ishlatilishini ta’minlashga kafolat berishi kerak.

    Gulnora Karimova 2015-yil avgustida besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. O‘sha vaqtda unga nisbatan yana bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etayotgan edi. Jamoatchilik bu haqda faqat 2017-yil iyuliga kelibgina xabar topgan.

    Gulnora Karimova 2019-yil martidan beri Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 21-son umumiy tartibdagi koloniyada saqlanmoqda.

    2019-yilning dekabr oyida Gulnora Karimovaga nisbatan yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U o‘lpon yig‘ish va qo‘rqitib, mulklarni tortib olishda ayblangan. 2020-yilning 8-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi boshlandi.

    11-yanvar kuni Gulnora Karimovaning uylaridan 12,7 milliard so‘mlik san’at asarlari chiqqani haqida ma’lumot berildi.

    Mavzuga doir:

    • Gulnora Karimovaga qarshi yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U o‘lpon yig‘ish va qo‘rqitib, mulklarni tortib olishda ayblanmoqda
    • Gulnora Karimova ishi bo‘yicha navbatdagi tergov harakatlari yakunlanib, ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi
    • Toshkentda Gulnora Karimova ishi bo‘yicha sud majlisi boshlandi
    • Gulnora Karimovaning uylaridan 12,7 milliard so‘mlik san’at asarlari chiqdi

    28.01.2020, 11:11   Izoh (0)   142810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasidagi kadrlar ta’minoti va ularning malakasini tanqid qildi

    28.01.2020, 10:54

    Markaziy bank: “Chorva mollari importi go‘sht narxining o‘sishiga to‘sqinlik qilgan”

    28.01.2020, 10:38

    O‘zbekistonda 2019-yilda moliya sohasi xodimlarining o‘rtacha ish haqi qariyb 5 mln so‘mni tashkil etgan

    28.01.2020, 10:23

    Andijonda 8 oylik farzandini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 19 yoshli ayol qo‘lga olindi

    28.01.2020, 10:11

    O‘zbekistonda bank tizimiga ishonch ortgani ma’lum qilindi

    28.01.2020, 09:58

    Cho‘kayotgan ayolni qutqargan xorazmlik yigit Rossiyada o‘zi qiyin vaziyatga tushib qoldi

    28.01.2020, 09:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.