24-yanvar kuni soat 11:00 da Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi. Tadbir Tashkent City’dagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadi.
Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar, shuningdek, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
Tadbir MTRKning to‘rtta teleradiokanali, beshta telekanali hamda 12 ta hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, beshta nodavlat telekanal hamda Prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinadi.
Izoh (0)