• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident: Tadbirkorlikda xavfi kam bo‘lgan jinoyat turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosati davom ettiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Davlat rahbari biznes muhitini yanada yaxshilash eng muhim masalalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

    Jahon bankining ‘Biznes yuritish’ reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.

    Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda.

    Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi.

    Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda.

    Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‘llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ qoladi.

    Endi tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha budjetdan foiz to‘lanadi.

    Buning ahamiyatini mana shu zalda o‘tirgan va “oynayi jahon” orqali mening so‘zlarimni eshitayotgan tadbirkorlar, o‘ylaymanki, hammadan ko‘ra yaxshi tushunadi.

    Soliq kodeksi normalarini har bir soliq xodimi, tadbirkorlar va soliq to‘lovchilar puxta o‘zlashtirishi, buning uchun ularni muntazam ravishda o‘qitish zarur.

    Soliq xizmati xodimlari dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Fiskal institutini tashkil etishni taklif qilaman.

    Bu jarayonga katta tajribaga ega nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish zarur.

    Shu bilan birga, tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha – litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartiramiz.

    Ochiq aytish kerak, mavjud 280 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar orasida faoliyat turlari hisobini yuritish, mablag‘ undirish yoki shunchaki “nazorat qilish” uchun joriy qilinganlari ham bor.

    Bu esa tadbirkorlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

    Shu sababli Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman 2020-yil 1-martga qadar litsenziya va ruxsatnomalar berish asoslarini tubdan qayta ko‘rib chiqib, ularning sonini kamida 2, bo‘lmasa, 3 barobarga qisqartirish bo‘yicha aniq taklif kiritsin.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Shuningdek, davlat rahbari “Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligini ham ta’kidladi:

    “Unda kichik va o‘rta biznes mezonlari hamda bu soha vakillarini rag‘batlantirish mexanizmlari nazarda tutilishi kerak. Bu yil har bir hududda tadbirkorlarga yer uchastkalariga oid ma’lumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish bo‘yicha yangi tizim joriy etamiz.

    Unga ko‘ra, tadbirkorning faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bo‘sh yer maydonlari, bino va inshootlar, ularning qiymati va shartlari haqidagi to‘liq xaritani istalgan vaqt va hududda onlayn tarzda olish imkoniyati yaratiladi.

    Xabaringiz bor, bundan 2 yil oldin korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga nisbatan e’lon qilingan moratoriy muddati tugadi. Lekin bu yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas.

    Kimgadir bu yoqadimi, yoqmaydimi, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Barcha nazorat idoralari rahbarlari shuni qulog‘iga yaxshilab quyib olsin.

    2020-yil birinchi chorakda ilg‘or tajribalar asosida barcha darajadagi nazorat qiluvchi idoralarda yangi zamonaviy tizim joriy etilishi shart.

    Bu orqali har bir korxona va tadbirkor bo‘yicha alohida-alohida ishlab, ularning qonuniy faoliyat yuritishini ta’minlash, tekshirishni esa eng so‘nggi favqulodda chora sifatida adolatli o‘tkazish lozim. Mazkur masala yuzasidan, nazorat idoralarining rahbarlari parlament oldida har chorakda shaxsan hisobot berib boradi”.

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik sohasida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosatini davom ettirilishini ham ma’lum qildi:

    “Bankrotlik borasidagi hozirgi tartib-tamoyillar korxonalarni tugatish va mol-mulkdan tushgan mablag‘lar hisobidan qarzlarni qoplashni nazarda tutadi. Shuning uchun so‘nggi 3 yilda atigi 3 ta korxonada sanatsiya qo‘llanilgan, xolos.

    Endi bunday qoidadan butunlay voz kechib, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni eng ilg‘or xorijiy tajriba asosida sog‘lomlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etamiz.

    Tadbirkorlar huquqlarini ta’minlashda Oliy Majlisning ikkala palatasi ham ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yishi zarur. Tadbirkorlik sohasida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyat turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosatini izchil davom ettirishimiz lozim.

    Jumladan, soxta tadbirkorlik, raqobatchi obro‘sini tushirish kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi.

    Shuningdek, bojxona qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, lekin to‘lovlarni to‘lagan shaxslarni, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish kerak.

    Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti a’zolariga ‘jinoiy uyushma’ degan ayblov qo‘yib, ularga og‘ir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblarni bekor qilish vaqti yetdi.

    Buning oqibatida yuzlab tadbirkorlar qanchadan qancha aziyat chekib, moddiy zarar ko‘rayotganlarini inobatga olsak, bu o‘zgarishlarning qanday katta ahamiyatga ega ekani yaqqol ayon bo‘ladi.

    Oliy sud, Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi 2020-yil 1-aprelgacha ana shu masalalar bo‘yicha tegishli qonun loyihasini puxta ishlab chiqishi lozim”.

    Shuningdek, Prezidentning aytishicha, fermer va dehqonlar manfaatdorligi ham oshiriladi:

    “Yettinchidan, iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur.

    Tarmoqdagi hozirgi o‘sish sur’atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy qilib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi.

    Shu bois paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz. Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimizga mahsulot yetishtirishda erkinlik bo‘lmaydi, ular o‘zi kutganday manfaat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi.

    Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham arzon kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

    Kelgusida Qishloq xo‘jaligi vazirligi soha korxonalariga ko‘rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur.

    Buning o‘rniga vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urug‘ni to‘g‘ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy ko‘maklashish, mahsulot bozorini topish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi kerak.

    Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga paxta va g‘alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz.

    Meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik va ipakchilik kabi boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klasterlarni tashkil etish ishlarini davom ettiramiz”.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev 1-aprelgacha propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish haqida topshiriq berdi
    • Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz, shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi
    • Shavkat Mirziyoyev: Professional jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyorman
    • O‘zbekistonda “davlat va jamiyat o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatish” uchun Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi
    • Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘lini aytdi
    • O‘zbekistonga 1995-yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi

    24.01.2020, 15:04   Izoh (0)   9772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “davlat va jamiyat o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatish” uchun Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi

    24.01.2020, 14:56

    Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘lini aytdi

    24.01.2020, 14:48

    O‘zbekistonga 1995-yilgacha kelgan shaxslarga fuqarolik avtomatik tarzda beriladi

    24.01.2020, 14:28

    “Xalqimiz hammadan ziyrak va ulug‘dir”. Shavkat Mirziyoyev deputatlar o‘z obro‘sini yo‘qotmasligi uchun ularga alohida murojaat qildi

    24.01.2020, 14:17

    “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun bir yilda 6,1 trln so‘m sarflandi. Bu 2018-yilga nisbatan 1,5 trln so‘mga ko‘p

    24.01.2020, 14:06

    Toshkentdagi ayrim svetoforlarda sariq chiroq yonmayapti. IIBB bunga izoh berdi

    24.01.2020, 13:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.