Tailand mezbonligida o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati—2020 musobaqasining yarim final bahslari 22-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahs yuritadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadi. Uchrashuvni Ryuji Sato boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Shuningdek, ikkinchi yarim finalda Avstraliya va Janubiy Koreya olimpiyachilari o‘zaro bahsga kirishadi.
Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikki jamoa Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Uchinchi o‘rin uchun bahs g‘olibi esa so‘nggi litsenziyaga ega bo‘ladi.
OCh—2020 U-23
Yarim final
22-yanvar, chorshanba
15:15. Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston
18:15. Avstraliya — Janubiy Koreya
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)