“Napoli”ning ispaniyalik yarim himoyachisi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi El Chiringuito.
Futbolchining xizmatlariga shaxsan “Barselona”ning yangi ustozi Kiki Setyen qiziqish bildirmoqda. Murabbiy “Betis”da (2017—2019-yillar) futbolchi bilan birga ishlagan. Ruis esa 2018-yil yoziga qadar ushbu jamoa safida to‘p surgan.
Avvalroq futbolchining xizmatlariga “Real” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ruis joriy mavsum Italiya A Seriyasida 18 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
23 yoshli ispaniyalikning transferi esa ayni damda 60 million yevroga baholanmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)